- Курс-практикум «Педагогический драйв: от выгорания к горению»
- «Труд (технология): специфика предмета в условиях реализации ФГОС НОО»
- «ФАООП УО, ФАОП НОО и ФАОП ООО для обучающихся с ОВЗ: специфика организации образовательного процесса по ФГОС»
- «Специфика работы с детьми-мигрантами дошкольного возраста»
- «Учебный курс «Вероятность и статистика»: содержание и специфика преподавания в условиях реализации ФГОС ООО и ФГОС СОО»
- «Центр «Точка роста»: создание современного образовательного пространства в общеобразовательной организации»
Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014
- Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
- Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
- Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
в СМИ
профессиональную
деятельность
Общедидактические принципы обучения музыке в общеобразовательных школах
Дидактика является частью изучения общих закономерностей процесса. Дидактика — греческое слово, означающее «учение». «Дидаскоя» происходит от слова «учитель». Дословный перевод «дидактика» относится к теории образования. Теория воспитания включает в себя понятие и сущность образовательного процесса, правила, методы и организационные формы воспитания.
Дидактика ставит перед собой задачу познания общих закономерностей, отвечающих целям всестороннего воспитания. Основная задача образования – вооружить подрастающее поколение системой научных знаний, навыков и умений Итак, дидактика – это «чему учить». Ищет ответы на такие вопросы, как «чему учить» и «как учить». Общая дидактика, в свою очередь, тесно связана с методикой некоторых дисциплин.
Основываясь на знании этих методов, он решает общие закономерности детей, и в то же время каждое занятие служит общей основой методов обучения. С музыкальной дидактикой связаны ее объединяющая функция и частные дидактические и тематические методы музыкального образования.
Основные категории музыкальной дидактики: процесс, принципы, содержание, методы, формы музыкального образования. Содержание музыкального образования зависит от развития общей культуры и потребности общества в музыкальном искусстве. Поэтому необходимо систематизировать музыкальные знания, умения, навыки, музыкальный материал, методы и формы обучения, входящие в содержание музыкального образования.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa o’qitishning umumdidaktik printsiplari
Didaktika turi jarayonining umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «didayko» - o’qitish. «didaskoya» - o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. «Didaktika» - ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi tal’im jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi.
Didaktika o’z oldiga bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasmi qo’yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.Demak, didaktika «nimaga o’rgatish». «nimani o’rgatish» va «qanday o’rgatish» kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa o’z navbatida, ayrim o’quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog’lanadi.
Shu usullar ma’lumotiga tayanib, bolalarning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir mashg`ulot, mashg`ulot usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Musiqaviy didaktika, uning birlashtiruvchi vazifasi hamda uning xususiy didaktikalar va musiqiy ta’limning mavzuliy metodikalari bilan bog’liqdir.
Musiqaviy didaktikaning asosiy kategoriyalari: musiqiy ta’limning jarayoni, printsiplari, mazmuni, usullari, shakllari. Musiqiy ta’lim mazmuni umumiy madaniyatining rivojlanishiga va jamiyatning musiqa san’atiga bo’lgan extiyojiga bog’liq. Shuning uchun musiqiy ta’lim mazmuniga kiruvchi musiqiy bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, musiqa materiali, ta’lim usullari va shakllarini sistemalashtirish lozim.
Musiqa sabogi tarbiyalovchi shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta’lim sifatida muhimdir. Uning vositasida nafosat tuyg’ularini tarbiyalash bilan birga yosh avlodda oliy insoniy fazilatlar tarkib toptirish nazarda tutiladi. Bunda milliy va umumbashariy musiqa ta’limshunosligi hamda o’qitish uslubiyotiga tayanish lozim. Musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunida esa milliy musiqa merosimiz asosiy o’rin tutadi. Milliy musiqasmiz qonuniyatlariga qiyoslab, o’zga xalqlar musiqa madaniyati bilan tanishishi, ya’ni «ta’limda umuminsoniy va milliy - madaniy qadriyatlarning ustuvorligi» ga amal qilish musiqa mashg`ulotining muhim didaktik yo’nalishi hisoblanadi.
2. Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga qila oladigan hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir bolaning musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr ishtiyoqini oshirish, musiqadan bilim va amaliy malakalar doiralarini tarkib toptirish, iqtidorli bolalarni musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, maktabgacha musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish-musiqa faniga jamiyatni madaniy - ahloqiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, muammolarini xal etishda ijodkorligka tayanish, musiqa o’qitish uslubiyotini ilgor tajribalar va kompleks ilmiy-metodik izlanishlar natijasi asosida takomillashtirish talab etiladi.
Ta’lim jarayoni ikkita shaklda, mashg`ulot va to’garak musiqiy mashg’ulotiar tarzida amalga oshiriladi. Musiqa tarbiyachisining asosiy va barcha bolalar uchun zaruriy shakli musiqa mashg`ulotlaridir. Shu bois mashg`ulot tuzilishlari va usullarining xilma-xil shakl va turlarini qo’llash hamda tajriba jarayonida mashg`ulotni yangi usul va tuzilmalarini kashf etish dolzarb masala bo’lib turadi. Bundan ko’proq Sharq va milliy musiqa ta’limshunosligini o’rganishi va undan unumli foydalanish muhimdir.
3. Ta’lim printsiplari jamiyat ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va amaliyoti yutuqlariga ko’ra o’zgarib takomillashib boradi. Tarixda ta’lim printsiplarini aniqlash bo’yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo’lgan. Masalan: XVI asrda Ya. A. Komenskiy ta’lim printsiplarini tabiatga qiyoslab o’rganishni ya’ni bolalarga tabiat ko’ynida bevosita ta’lim berishni, tabiatda qanday mutanosiblik bo’lsa, ta’limda ham xuddi shunday mutanosiblikka erishishni taqlif etadi. XVII-XVIII asrlarda madaniy jihatlardan mutanosiblikka erishish printsiplari ilgari suriladi.
Hozirda ta’limning ilmiylik pritsipi, bolalar imkoniyatlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish printsipi, ko’rgazmalilik printsipi, ta’limda muntazamlilik va davomiylik printsipi, ta’limning hayot bilan bog’liqligi, ta’lim jarayonida bolalarning faolligi va ongliligi, ta’lim va tarbiyaning tarbiyaviy harakteri kabi ko’pgina printsiplari mavjud.
Musiqa darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va printsiplari, ta’lim amaliyotining umumlashma nazariyasi asosida tuziladi.
Mazkur printsiplar asosan, mashg`ulot materiallaining qo’llash, musiqa darsini mazmunini va tizimidagi asosiy talablar va uning yo’nalishlarini belgilab beradi va bir necha turga bo’linadi:
Musiqa mashg`ulotlarida bilim va malakalarining mustahkamligi
Musiqa ta’lim va tarbiyasida ilmiylik sistemalash va davomiylik
Mashg`ulotda bolalarning onglilik va faolliligi
Musiqa mashg`ulotida ko’rgazmalilik
Mashg`ulot materiallarining bolalar bilim - malakalariga va yosh xususiyatlariga mosligi, rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi. Ta’lim mazmunini bolalarni haqqoniy ilmiy dalillar tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Buning uchun mashg`ulot mazmuniga faqat ilmiy asoslangan, tajribada tasdiklangan, musiqa mashg`uloti mazmuni orasidagi qonuniy aloqalarga asoslangan ilmiylik printsipini qo’llash darkordir.
Nazariy bilimlarning amaldagi qo’llanilishi, nazariy bilimlarning amaliy bilimlar bilan bog’liqligi har bir bolaning axborotida sezilib turishi kerak. Musiqa fani bo’yicha yangiliklari doimo izohlanib borilishi darkor. Bevosita mashg`ulot davomida ilmiylik printsipi faqat ilmiy axborotni berish bilan chegaralanmaydi.
Axborot, ilmiy qaydnomalarning qayerdan kelib chiqqanligi, sabab, natijalarning tahliliy, tarixiylik printsipini qo’llash ham ilmiylik printsipini ta’minlaydi. Mashg`ulot jarayonida materiallarining bolalarni bilim tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’gri o’rgatish, asarlarni bolalarning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish mashg`ulotni ilmiylik printsiplarini tashkil etadi. Kichiq guruxlarda bolalar tafakkuriga xos va ko’proq o’yin bilan bog’liq bo’lgan kichiq qo’shiqlar, kuy va ashullalar o’rgatadilar. O’rta guruxlarda esa bolalar hayotiy tajribalari boyigan, dunyoqarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga muvoflq o’rganiladigan asarlar ham janr, xajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib borishi sistemalilik printsipi deyiladi.
Musiqa mashg`ulotlari jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Mashg`ulotning asosiy faoliyat turlarini mashg`ulotning mantiqiy yaxlitligidan ajratmagan xolda quyidagilarga e’tibor beriladi. Bu esa mashg`ulotdagi barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida uzluksiz amalga oshirib, darsning har bir faoliyati o’z navbatida borishi davomiylik printsipi deyiladi.
Ta’limda onglilik va aktivlik printsipini amalga oshirish ham bilish jarayonining psixologik asoslariga to’la to’kis tayanadi. Tartib va qoidalar yaxshi o’zlashtirilsa-da, ayrim xollarda shu bilimlarni bevosita qo’llash jarayonida tar,iyalanuvchilar kiynalishi mumkin. Ba’zan ular oddiy masalalarni yecha olmay qolishadi. Demak, tarbiyalanuvchi materialni tushunib yetmasdan shunchaki, yodlab olgan.
Bolalar olgan bilimlarini amaliy hayotda foydalana olishlari uchun ta’lim berish jarayonini aktiv fikrlash jarayoniga aylantirish kerak. Buning uchun, bolaning o’quv materiallarini ongli ravishda bilib o’zlashtirishi bilish jarayonini aktivligini vujudga keltirishi lozim. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o’zlashtirish va undan badiiy estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo, diqqat-e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg’ota bilish, onglilik va aktivlikni vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish o’z navbatida badiiy ohang va mantiqiy jihatdan xotirada turg’un saqlanishni talab etadi. Musiqa mashg`ulotida onglilik va aktivlik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi faoliyatlarida ham onglilik va aktivlik musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to’g’ri bilish va o’zlashtirishni osonlashtiradi.
Ta’limda, ko’rgazmalilik printsipiga amal qilish bola-tarbiyasi jarayonining asosini tashkil etadi. Ta’lim va tarbiyada ko’rgazmalilikdan foydalanish haqida Al Farobiy ko’pgina ibratli so’zlarni aytib qoldirgan. Farobiyning fikriga qaraganda bolalarni, shogirdlarni uch toifaga bo’lish mumkin:
Birinchi toifasi - materialini o’zlari mustaqil o’rgana olishadi. Uchinchi toifadagilarni majburlab, zo’rlab o’rgatish kerak, deydi. Va nihoyat ikkinchi toifa bolalarga ta’lim berishda ko’rgazmalilikdan foydalanib mashg`ulot mehnatini jadallashtirish va bir muncha osonlashtirish imkoniyati tug’iladi. Ko’rgazmalilik printsipiga amal qilinganida eshitish organlari bilan bir qatorda ko’rish organlaridan ham foydalaniladi.
Musiqa tarbiyasida musiqaning o’zi-o’ziga ko’rgazmali vositadir. Chunki, u qo’li bilan emas balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham ohang ko’rgazma sifatida chalib ko’rsatiladi. Tarbiyachining o’zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko’rgazma bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko’rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa mashg`ulotida ko’rgazma sifatida muhim rol o’ynaydi. Mazkur printsiplar asosan, o’quv materiallarini qo’llash musiqa mashg`ulotini mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi.
Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik printsiplari, musiqa mashg`ulotlarida muhim ahamiyatga ega bo’lib musiqani hayot bilan bog’lashda katta ahamiyat kasb etadi.
«Musiqa o’qitish metodIari»
Ta’lim metodi bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tartibga solingan o’zaro aloqadagi usuli, mashg`ulot jarayonida ta’lim va rivojlanish masalalarini xal qilishga qaratilgan faoliyatdir. Metod (yunoncha atama-aynan nimagadir yo’l ) maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solingan faoliyat. Mashg`ulot metodlari mashg`ulot jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini materialining mashg`ulot muayyan mazmunini bolalar tomonidan o’zlashtirishga erishib bo’lmaydi. Usullar axborotni uzatish va qabul qilish harakteriga qarab so’z orqali ifodalash, ko’rgazmali va amaliyga bo’linadi.
Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda bolalarning bilim faoliyatini harakteriga munosib ravishda quyidagi usullar: tushuntirish - ilyustrativ (informatsion retseptiv) reproduktiv, muammoli bayon, xususiy kidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot va tadqiqot usullari qo’llanishi mumkin.
Metodlar asosiy guruhlarining har biri o’z navbatida guruhchalar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. Mashg`ulotni - bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o’zi o’zlashtirish, qabul qilish, anglash, informatsiyalarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so’z orqali qabul qilish melodlari (og’zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va b.), o’quv informatsiyasini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari (ko’rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va b.) informatsiyasini berish va uni tahlili, kinestezik qabul qilish (amaliy metodlari: mashqlar, mehnat harakatlari va b.) kiradi.
Ta’limning og’zaki metodlariga hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu metodlarning qo’llanishida bolalar so’z vositasida materialini bayon qiladi, tushuntiradi, tarbiyalanuvchilar esa tinglash, eslab qolish va anglash orqali uni faol qabul qiladilar va o’zlashtiradilar.
Hikoya. Ushbu metodda, tarbiyalanuvchilarga savol bilan bo’linmasdan, materiali mazmunini og’zaki bayon qilish ko’zda tutiladi. Hikoyaning bir necha turi bo’lishi mumkin - hikoya - muqaddima, hikoya-bayon, hikoya-xulosa.
Birinchisining maqsadi – tarbiyalanuvchilarrni boshqa metodlar bilan, masalan, suhbat orqali yangi materialini qabul qilishga tayyorlashdir. Hikoyaning bu turi nisbatan bayonning qisqaligj, yorqinligi, qiziqarliligi va emotsionalligi bilan harakterlanib yangi mavzuga qiziqish, uni faol o’zlashtirishga extiyoj uyg’otadi. Mana shunday hikoya vaqtida tarbiyalanuvchilarning faoliyatining vazifalari to’g’risida tushunarli shaklda xabar beriladi.
Hikoya - bayon davrida tarbiyalanuvchilarning yangi mavzuning mazmunini ochib beradi, muayyan rivojlanuvchi reja, asosiy, muhimlarini ajratib, ilyustratsiya va ishontirarli misollarni izchil bayon qilishni amalga oshiradi.
Hikoya - xulosa odatda mashg’ulotning oxirida keltiriladi. Tarbiyachi undagi asosiy fikrni yakunlaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi, mazkur mavzu yuzasidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi.
Ta’limning so’z bilan ifodalash metodlaridan biri sifatida materialni og’zaki bayon qilishini ko’zda tutib, hikoyadan o’zining xajmining kattaligi, mantiqiy ko’rilish, obraz isbotlash va umumlashtirishining murakkabligi bilan ajralib turadi. Butun mashg’ulotni band etadi, hikoya esa faqatgina uning bir qismini egallaydi.
Mashg`ulot davomida informatsiyani og’zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida diqqatni tutib turish, tinglovchilarning fikrlashini faollashtirish ususllari, argumentlashtirish, isbotlash-tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va x.k. usullardan foydalaniladi.
Bu mashgulonlar asosan maktabgacha ta’limning tayyorlov guruxlarida, shuningdek, boshlangich ta’limda o’qiladi. Mashg`ulot rejasini aniq o’ylash va ma’lum qilish zarur. Reja bandlarining barchasida, ularning har birining yakun va xulosalarini izchil bayon qilishda mantiqiy uyg’unlik bo’lmog’i kerak.
Suxbat. Suxbat metodi atroflicna uylangan savollar yordamida tarbiyalanuvchi bilan tarbiyalanuvchining orasidagi suhbatni ko’zda tutib, u bolalarni faktlar tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o’zlashtirishga olib keladi. Suxbat metodining qo’llanishida savollarning ko’ya olish usullari (asosiy,qo’shimcha, yo’llovchi va x.k. ) o’quvchining javob va muloxazalarini muxokama, qilish usullari, suhbatdan xulosalarni shakllantirish usullari, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.
Mashg`ulotnig ko’rgazmali metodlarini shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin: ilyustratsiya va namoyish qilish metodlari. illyustrasiya metodi, bolalarga ilyustratsiya qo’llanmalar - plakat, harita, doskadagi rasm, kartina, portretlar va boshqalarni ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Namoyish kilsh metodi odatda asboblar, texnik ko’rilmalar, turli tipdagi predmetlarni namoyish qilish metodiga shuningdek, kinofilm va diafilmlar ko’rsatishni ham kiritishadi. Ko’rgazmali vositalarning illyustrativ va namoyish qilish bo’linmalari amaliyotida tarixiy shakllangan.
Mashg`ulotning amaliy metodlari mfshgulot faoliyatining xilma-xil turlarining keng doirasini kamrab oladi: amaliy melodlaridan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi: vazifani qo’yish, uni bajarilishni rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, jadal ragbatlantirish, tartibga solish , nazorat va tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to’lik erishish uchun kuzatish kiritib borish.
Mashg`ulotning muammoli - qidiruv metodlari amalda ta’limning so’z orqali ifodalash, ko’rgazmali va amaliyot metodlari yordamida qo’llaniladi. Shu bilan birgalikda mashg`ulot materialini mukammal bayon qilish metodlari, muammoli va evrestik suhbatlar, muammoli kidirish tipidagi ko’rgazmali metodlarni qo’llash, muammoli qidiruv amaliy ishlarni o’tkazish yoki xatto tadqiqot tipidagi ishlar to’g’risida gapirish mumkin. Mashg`ulot materialini muammoli va muammoli tuzilgan metodlari orqali bayon qilish tarbiyachining bayon davomida muloxaza yuritish, isbotlashi, umumlashtirishini, faktlarni tahlil qilish va tinglovchi fikrini o’z ortidan ergashtirishi, uni faolrok va ijodiyrok qilishni ko’zda tutadi.
Muammoli ta’lim metodlaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi. Bunda tarbiyalachi tarbiyalanuvchilar oldiga qator izchil va o’zaro bog’langan savollarni qo’yadi. Tarbiyachilar ularga javob berganda qandaydir shakllarini aytadilar. Aytganlarining to’g’ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Bu bilan birga yangi bilimni o’zlashtirishda mustaqil ravishda o’zlarining oldinga siljishini amalga oshiradilar.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi – tarbiyachining va ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilar faoliyatining yigindisidan iborat. Bu jarayon tarbiyalanuvchining tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi, doimo dinamik tarzda o’zgarib boradi. Ta’lim davomida ta’lim olayotganlarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Musiqa mashg`ulotida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni musiqani idrok etish jarayonida, bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi uslublarni qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida vositachi hamdir. Chunki, aynan bir metod bilan tarbiyachi o’rgatadi, tarbiyalanuvchilar o’rganadi.
Musiqaning o’qitish metodlari deganda, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarning bilim, mahorat va malakalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda tarbiyachlarning qo’llagan ish usullari tushuntiriladi. Bu metodlar, bir necha turga bo’linadi:
Musiqa mashg`ulotini og’zaki metodlari: a) hikoya, b) suhbat, v)tushuntirish
Ko’rgazmali mashg`ulot metodlari. Bunda nota yozuvlari, plakatlar, dirijyorlik harakatlari, raqs, musiqani jonli va aniq ijro etilishi, ritmik sur’ati ko’rsatiladi.
Amaliy metodlar: Amaliy metodlar vositasida vokal-xor malakalari, musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlili, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalish harakatlarini bajarishlar, qo’shiq kuylash jarayonida ifoda etiladi.
O’yin metodi: o’yin metodi asosan o’rta va tayyorlov guruxlarda qo’llaniladi. O’yin metodi tarbiyalanuvchini musiqiy qobiliyatini, nutqini, xotirasini, qiziqishini psixologik-flziologik xususiyatlarini rivojlantiradi.
Taqqoslash metodi: Bu metod vokal-xor ishlarida, musiqa asarlarining tahlil va janrlarni belgilash (qo’shiq, raqs, marsh) musiqa tinglash jarayonida qo’llaniladi.
Musiqiy uquvi bo’sh bo’lgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash metodi: Musiqiy uquv bo’sh bo’lgan tarbiyalanuvchilar bilan dars jarayonida differentsional guruhlarga bo’lib va yakka tartibda vaqt ajratib ish olib boriladi. Yakka mashg`ulot jarayonida alohida qo’shiqlarni o’rganib, topshiriqlar beriladi.
III. Davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan talab maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonini jaxondagi rivojlangan buyuk davlatlardagidek har tomonlama jaxon talablariga javob beradigan tarzda mashg`ulotlarni tashkil qilish. Har bir mashg`ulotda ta’limning optimal usullarini qo’llashga erishishdir. Musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining faoliyatini bir butun sistemasi sifatida namoyon bo’ladi. Chunki, mashg`ulot jarayonida tarbiyachi ham, tarbiyalanuvchi ham ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Optimal (xususiy) metodlar mashg`ulot faoliyati va maqsadga qarab 4 ga bo’linadi:
1. Mashg`ulotning musiqaviy umumlashtiruvchi metodi
2. O’tilajak mfshgulotlarga oldindan «yugurib», bog’lanib o’tish va ilgari utilganlarga qaytish metodi.
3. Mashg`ulot mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi
4. Mashg`ulotning pedagogik jihatdan ko’zatilishi va bilimlarni baholash metodi. tarbiyachidan tarbiyalanuvchining optimal usullarini tanlash va tarbiyalanuvchi aktivligini oshirish uchun quyidagilarga amal qilish talab etiladi:
1. Musiqa mashg`ulotining umumiy maqsadi hamda har bir mashg`ulotning konkret maqsad va vazifalarini belgilash. Yosh avlodning milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatni inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmuni xalqimizning milliy ruxiyati oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu-umidlari inkor etiladi. Bu buyuk ma’naviyatimiz yosh avlodning madaniyati va milliy tafakkurini shakllantirishda benazir vositadir. Tarbiyachining mashg`uloti ma’lum maqsadlarga qaratiladi. Mashg`ulot ilmiy va tarbiyaviy maqsadini to’gri belgilash tarbiyachilarning faoliyatini aktivlashtirishning muhim sharti sanaladi. Chunki, mashg`ulot maqsadidan tarbiyalanuvchilar oldiga qo’yiladigan maqsad ham kelib chiqadi.
2. Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilar aktivligini oshirishning yana bir muhim omili - mashg`ulot struklurasini to’g’ri belgilashdir. Ko’p xollarda ba’zi tarbiyachilar mashg`ulot strukturasini to’g’ri belgilay olmaganliklari sababli qiyinchiliklarga duch kelayotirlar.
3. Mashg`ulot materialining harakteri, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’limning eng ma’qul metodi tanlanadi. Bunda tarbiyalanuvchilar mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyat ko’rsatish talab qilinadi.
4. Mashg`ulot ishida ta’limning individual, gruppa va kollektiv formalarini qo’shib olib borish, tarbiyalanuvchilarga differentsial munosabatda bo’lishning ahamiyati katta.Mashg`ulot jarayonida biz ta’lmning ana shu formalaridan unumli foydalanamiz. Cnunki, ta’limning ana shu formalarini birga qo’shib olib borish orqali tarbiyalanuvchinilar faoliyatini aktivlashtirishga erishiladi. Individual ish formasida har bir tarbiyalanuvchida mustaqil fikrlash, qo’yilgan muammoni mustaqil xal qilish talab etiladi.
5.Muammoli o’qitishni tashkil qilish. – Tarbiyachilar tarbiyalanuvchi tomonidan qo’yilgan muammoni ijodiy isbot qilishga harakat kilsinlar. 6.Dasturlashtirilgan mashg`ulot, ya’ni tarbiyalanuvchilar qobiliyatiga qarab har bir tarbiyalanuvchi uchun ma’lum dastur - vazifa tuzish , bularni asta - sekinlik bilan chuqurlashtirib, mustahkamlab borish. Nazariy masalalarni EXM orqali amalga oshirish. Shunday qilib, musiqa mashg’ulotlarida tarbiyachining bilish faoliyatini aktivlashtirish, mashg`ulotning maqsadi va strukturasini to’g’ri belgilash, diqqat va e’tiborni mashg`ulot materiallarining asosiy qirralariga qaratish, tema harakteriga muvofiq keladigan ta’lim metodi va metodik usullarni tanlash, mashg`ulotlarning individual, gruppali va kollektiv formalarini birga qo’shib olib borish, differentsial ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Mashg`ulot ta’limning ana shu vositalariga amal qilish orqali Mashg`ulotningning musiqada yuqori o’zlashtirishga erishib kelinmokda.
IV. Agar ta’lim jarayoni tarbiyalanuvchida faol harakat, bilim va ko’nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg’otsagina samarali kechadi va sifatli natijalar beradi. Mashg`ulot faoliyati bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari – og’zaki, ko’rgazmali va amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda didaktiv, shuningdek, mustaqil usullaridan foydalaniladi.
Ta’lim jarayonida rag’batlantirishning asoslash vazifasini o’taydigan bu usulni shartli ravishda ikki guruhga, tarbiyalanuvchining bilish ishtiyoqini uyg’otuvchi hamda ta’limda burch va ma’suliyat tuyg’usini shakllantiruvchi usullardan iborat guruhga ajratish mumkin. Bu jarayonda mashg`ulot faoliyati, uning mazmuni, shaklli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy usullariga munosabatda ijobiy xissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muhimdir. Xissiy holat, doimo ruxiy to’lqin iztirobi bilan hozirjavoblik, hamdardlik, quvonch, gazab, xayratlanish o’zaro bog’liqdir.
Shuning uchun ham diqqat, eslab qolish, anglash jarayonlariga bunday holatda tarbiyalanuvchining chuqur ichki kechinmalari qo’shiladiki, bu jarayonni qizgin kechadigan qiladi va maqsadga erishish ma’nosida ancha samarali bo’ladi.
Ta’limni xissiy rag’batlantirish usullaridan biri, mashg`ulotda qiziqarli vaziyatni yaratishdir. Bunda gap mashg`ulot jarayoniga qiziqarli misollarni, tajribalarni, faktlarni kiritish ustida boradi.
Mashg`ulot faoliyatiga qiziqishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish uchun ta’lim printsiplari qator talabalarga javob berish lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag’batlantiruvchi ta’sirini oshiradigan ayrim maxsus usullari ham mavjuddir. Ularga birinchi navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, tcxnikaning eng muhim kashfiyotlarini zamonaviy madaniyat, san’at, adabiyot yutuqlariga, ijtimoiy-siyosiy va xalqaro hayot xodisalariga yaqinlashtirishni kiritish mumkin.
Ana shu maqsadda mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg’otayotgan, vaqtli matbuotda e’lon qilinayotgan, televideniye va radio orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi. Ana shundagina tarbiyalanuvchilar mashg`ulotda o’rganilayotgan masalalarning muhimligini yorqin va chuqur xis qiladilar va shunga asosan unga katta qiziqish bilan yondashadilar.
Tarbiyalanuvchilarni takdirlash ular xulqi va mashg`ulot faoliyatidagi ijobiy jihatlarni qo’llab-quvvatlash doirasi nixoyatda xilma-xildir. O’quv jarayonida - bu tarbiyachining maqtovi, yuqori baho qo’yish va boshqalardir. Jazolashning tanbex va boshqa turlari ta’lim asoslarini shakllantirishda istisno etiladi, odatda bu usul faqat ilojsiz vaziyatlardagina qo’llaniladi. Rag’batlantirishning usullarini mohirona qo’llash ishigina tarbiyalanuvchilarning muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.
Ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega. Shu xususda savol-javob shakli an’anaviy usullardan biri hisoblanadi. Savoldan javob tarbiyalanuvchilarni hozirjavoblikka tayyorlaydi, mantiqiy javobni tezda fikran tayyorlab so’zlarda ifoda qilish ko’nikmasini hosil qiladi. Savol-javob yakka-yakka va yoppasiga so’rash orqali amalga oshiriladi.
Yakka tarbiyalanuvchidan suralganida tarbiyachi tarbiyalanuvchiga bir nechta-savol beradi. Tarbiyalanuvchining javoblaridan mashg`ulot materialining qanchalik o’zlashtirilganligi ma’lum bo’ladi. Butunicha gurux yoppasiga so’ralganida tarbiyachi o’zaro mantiqiy bog’langan qator gurux oldiga qo’yadi, tarbiyalanuvlarni javob berishda aktivlikka chaqiradi.
Savol-javob tarbiyalanuvchilar nutq madaniyatini o’stiradi. Ularni so’zlamokka, ravon adabiy so’zlar ishlatib mantiqiy javob axtarishga, shakllangan bilimlarni so’zlarda ifodalashga o’rgatadi.
Shu tarika, hamma tarbiyalanuvchilarni musiqaga qiziqishi, qo’shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy uquvi, bir xilda oshib boradi va hamma bilan birgalikda qo’shiq kuylash ko’nikma va malakalari hosil bo’ladi.
Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482251-obschedidakticheskie-principy-obuchenija-muzy
БЕСПЛАТНО!
Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)
Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.
- «Современное занятие в системе дополнительного образования детей»
- «ОГЭ по литературе: содержание экзамена и технологии подготовки обучающихся в соответствии с ФГОС»
- «Ключевые аспекты маркетинга в социальной сфере»
- «Функциональная грамотность обучающихся: содержание и технология развития в образовательной деятельности»
- «Современные подходы к устройству детей-сирот, оставшихся без попечения родителей»
- «Содержание и методы преподавания учебного предмета «Окружающий мир» по ФГОС НОО»
- Педагогика и методика преподавания истории
- Воспитательная деятельность в образовательной организации
- География: теория и методика преподавания в образовательной организации
- Управленческая деятельность в дошкольной образовательной организации
- Педагогическое образование: теория и методика преподавания истории в образовательных организациях
- Предшкольная подготовка в условиях преемственности дошкольного и начального общего образования

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.