Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
04.02.2022

Музыкальное образование в детском саду основные цели и задачи

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья на узбекском языке.
Музыкальное искусство является не только важным фактором воспитания подрастающего поколения. Этот процесс начинается в дошкольном воспитании, обогащает внутренний мир подрастающего поколения и сопровождает его на протяжении всей жизни. А суть музыкального образования начинается в детском саду.
После обретения независимости в Узбекистане, как и во всех социальных и духовных сферах, начался процесс сохранения и развития наших национальных традиций и наследия в культурной сфере. Эта ситуация создала возможность развивать достижения прошлого, накопленные художественные ценности с точки зрения национальности и человечности, исходя из примата общечеловеческих ценностей.
В результате обретения независимости наша национальная музыкальная культура окрепла от древних истоков и стала служить формированию национального духа и духовной зрелости.
Изменения в системе образования в соответствии с требованиями Закона Республики Узбекистан «Об образовании», «Национальной программы повышения квалификации», наряду с другими предметами общего среднего образования, музыкальным образованием требует радикального обновление.

Содержимое разработки

Bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqa tarbiyasining

asosiy maqsad va vazifalari

Musiqa san’ati – yosh avlodni kamolotga etishiga nafaqat tarbiyasining muxim omili xisoblanadi. Bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanib shakillanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitish bilan birga butun xayoti mobaynida unga xamrox boladi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o’zagi esa bogchalarda boshlanadi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, barcha ijtimoiy – ma’naviy soxalarda bo’lgani kabi, madaniy soxada xam avvalo milliy ana’nalarimizni, merosimizni asrab avaylash va rivojlantirish jarayoni boshlandi. Bu xol o’tgan davrlarda erishilgan muvofaqiyatlarni, to’plangan badiiy qadriyatlarni milliylik va umuminsoniylik nuqtai nazardan, umumbashariy qadriyatlar ustivorligiga asoslangan xolda taraqqiy ettirish imkoniyatini yaratdi.

Binobarin mustaqillik tufayli milliy musiqa madaniyatimiz azaliy manbalaridan kuch olib, milliy ruxiyatni, ma’naviy kamolotni shakillantirishga xizmat qila boshladi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro’y beradigan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori, Musiqa madaniyati fanining o’qitilishi tubdan yangilanishini taqazo etadi.

Musiqa madaniyati fani yoshlarning ma’naviy, badiiy axloq madaniyatini shakllantirishga milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasi amalgam oshirishga ijodiy maxorat, nafosat va badiiy didni o’stirishga fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillikka va tashabbuskorlikka tarbiyalashga xizmat qiladi.

Musiqa deyarli barcha o’quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mexnat va boshqa fanlar bilan uzviy bog’lanadi. Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda xam davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy merosdan to’laqonli foydalanish imkoniyatini berdi. Bular ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatida o’z aksini topdi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga xos manba bo’lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq jumladan o’zbek musiqa ta’lim – tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyatlari ustoz va shogird an’analari misolida takomillashib borgan.

Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochiligi (sozanda, xonandalar) asarlarining elementar asoslarini o’rgatishni me’yorlashtirdi.

Ushbu diplom ishi mavzusini yoritishimizdan maqsad, bo’lajak musiqa madaniyati o’qituvchisi davlat ta’lim standartlari asosida bolalarning musiqiy bilim va malakalarini oshirish bilan birga, ularga kuzatuvchanlik, xotirani mustaxkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni shakillantirish va rivojlantirishning muxim masalalarini yoritishga xarakat qilish. Shu bois, musiqa san’ati va talimini mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson qilib voyaga etkazishni nazarda tutadi.

Bunda tarbiyalanuvchilrga musiqa san’atining butun nafosati bilan o’rganishlari, ularda ommaviy musiqa faoliyati: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.

Diplom ishining dolzarbligi – bugungi mustaqillik sharoitida ta’lim muassasalarini xal etishda musiqa madaniyati o’qituvchisi zamon bilan xamnafas qadam tashlab, axborot texnalogiyasi va ilg’or pedagogik texnalogiya malakalarini to’liq o’zlashtirish va shular asosida ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etmog’i lozim. Maknabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasini shakllanishida raqs dasturi, fal’klor, qoshiq quylatish - musiqa tarbiyachisining zimmasidadir. O’qituvchi musiqa masygulotlarda xam cholg’uchi, xam xonanda, xam dirijor, xam stsenariy muallifi, xam artist bo’lishi lozim. Buning uchun bo’lajak musiqa o’qituvchisi o’z kasbiga va bolalarga mexr qo’ygan yuksak madaniyatli, keng dunyo qarashga ega bo’lgan shaxs bo’lishi zarur. U pedagogika, psixalogiya, bolalar fizialogiyasi, etika va estetika nazariyasining amaliy soxalaridan etarli darajada bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi lozim. Shu bois yuqoridagi bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan xolda, o’qutuvchi yoshlarning estetik munosabatlarini shakllantirishda bo’lajak musiqa madaniyati o’qituvchisi rolini oshirish eng dolzarb masalalardan biridir.

Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog‘liq.

Darhaqiqat, musiqa savodini o‘rganish bog‘cha yoshidan boshlanadi. Ko‘pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‘pgina qo‘shiqlar va o‘yinlarni o‘rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar. Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‘ladi. Garchi ana shu bilimlar sistemaga solinmagan bo‘lsa-da, musiqa o‘qituvchisi bolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin. Bolalar muassasalarida musiqa ta’limiga asos solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.

Musiqa ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning musiqa uquvini o‘stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‘zimi kabi o‘ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‘rganishlari va nota yozuvini o‘rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota yozuvini o‘rganishga kirishiladi.

Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa

asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan unumli foydalaniladi.

Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‘g‘ri o‘sishiga

yordam beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi musiqa uquv turlaridan iborat bo‘ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa tovushlarining bir-biridan farq qiladigan, o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish qobilyati), ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi.

1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish.

2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.

3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib borish.

4. Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish.

5. Musiqa asaralaridan ta’sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish.

6. Turli musiqa mashg‘ulotlari jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o‘yin va xor ovozlar vositasida ifoda etish, ma’lum musiqaviy mavzuga yangi o‘yin o‘ylab topish.

7. Musiqaviy tarbiya mashg‘ulotlarini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlarda va marosimlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482679-muzykalnoe-obrazovanie-v-detskom-sadu-osnovny

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки
Курсы переподготовки