Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
04.02.2022

Музыкальные звуки и их свойства. Звуковые регистры и их функции

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья на узбекском языке.
Все звуки, встречающиеся в природе, делятся на музыкальные и шумовые. Шумные звуки, такие как писк, писк, писк и жужжание, неясны. Поэтому в музыке они не используются. Музыкальные звуки имеют определенную высоту, и слуховой анализатор человека улавливает эти звуки.
Типы музыкальных звуков варьируются от персонажа к персонажу. Эти функции включают высоту тона, громкость, продолжительность и тембр. Высота звука зависит от скорости вибрирующего объекта.

Содержимое разработки

Musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari. Tovushqator registr va ularning vazifalari

Tabiatda uchraydigan hamma tovushlar musiqali va shovqinli tovushlarga ajratiladi. Shovqinli tovushlar qasirlash, g‘ijirlash, dukullash, gumburlash singarilar bo‘lib, aniq balandlikka ega emas. Shuning uchun ular musiqada qo‘llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma’lum balandlikka ega bo‘lib, insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi.

Musiqiy tovushlar turi, xususiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlar tovushning balandligi, qattiqligi, davomiyligi va tembrdan iboratdir. Tovushlar balandligi tebranuvchi jismning tezligiga bog‘liqdir.

Tebranish qancha tez bo‘lsa, tovush shunchalik baland bo‘ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo‘lsa, tovush shunchalik past bo‘ladi. Tovush qattiqligi tovush manbayi bo‘lgan jismning tebranish ampletudasiga bog‘liqdir. Tovush qanchalik qattiq bo‘lsa, shuncha qattiq ishlatiladi va aksincha. Tovush cho‘zimi manbayi tebranishining davom etishiga bog‘liq bo‘ladi.

Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o‘zaro munosabatda bo‘lgan muayyan balandlikdagi tovushlar tizilmasidan (qatoridan) iboratdir. Tovushlarning o‘z balandligiga qarab joylashishi sistemasiga tovushqator deyiladi. Musiqaviy sistemaning to‘liq tovushqatorlarida 88 ta xilma-xil tovushlar bor. Musiqaviy sistema tovushqatorlari yettita mustaqil nomga ega bo‘lgan asosiy bosqichlardan iboratdir.

I II III IV V VI VII

Do Re Mi Fa Sol Lya Si

Bu asosiy tovushlar fortepianoning oq klavishlari (bosqich pardalari) tovushlariga mos keladi. Tovushqatorlarining bu yettita bosqichi ma’lum bir vaqtda takrorlanib turadi. Bunda yuqori tomon sanalgan har bir 8- tovush 1-tovushga nisbatan ikki baravar kuchliroq tebranish natijasida hosil bo‘ladi va shu sababdan ikki marta baland bo‘lib eshitiladi. Bir xil nomdagi tovushlar oralig‘iga oktava deyiladi.

Demak oktava tovushlarining yetti asosiy bosqichini o‘z ichiga birlashtiradi. Butun tovushqator bir necha oktavaga bo‘linadi. Har bir oktavaning «Do» tovushi boshlang‘ich bosqichning tovushi deb qabul qilingan. Cholg‘u asboblari tovushlarning yoki inson ovozining ma’lum bir bo‘lagiga registr deyiladi. Registrlar uch xil bo‘ladi: pastki, o‘rta, yuqori registrlar. Registrlar haqidagi tushunchani mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirib ko‘rish uchun quyidagi o‘yin-mashqni o‘tkazish foydali.

Tarbiyachi qo‘shiqni turli registrlarda chaladi, bolalar esa ularni qo‘l harakatlari bilan ko‘rsatib borishlari kerak. Agar qo‘shiq yuqori registrda chalinayotgan bo‘lsa, ular qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishadi, pastki registrda chalinayotganda – pastga tushurishadi, o‘rta registrda esa qo‘llarini oldinga uzatishadi. Bu o‘yinni tikka turib bajarish yaxshiroq bo‘ladi. Bunda ko‘zlanadigan asosiy maqsaddan tashqari, bir yo‘la go‘yo jismoniy yengillikka ham erishish mashg‘ulotda ko‘tarinki ruh paydo qiladi.

Tovushlarning baland-pastligini aniqlash birinchi oktava bilan cheklangach, shu tovushlarni eshitishnigina emas, balki ularni kuylashni ham talab etish kerak. O‘shanda bolalarning eshitib, tasavvur hosil qilishlari bilan bir vaqtda qo‘shiqchilik sezgilari paydo bo‘la boradi, chunki eng baland tovushlar qo‘shiq aytishda o‘rtacha va past tovushlarga qaraganda ko‘proq zo‘r berishni talab etadi.

Musiqa savodi musiqaning ifoda vositalari musiqa tovushlarining yozish usullari va musiqa nazariyasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiriladi hamda shu bir qatorda, notaga qarab ashula aytish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nota yozuvi haqidagi tushunchalarni ifodalaydigan va musiqa savodi bilan yuritiladigan maxsus bilimni nota savodi deyiladi. Tovushlar joylashgan besh chiziq nota chiziqlari deb ataladi. Besh chiziqni birlashtirib turgan bir chiziq takt chizig‘i deyiladi. Nota yozuvi boshi sol kaliti deyiladi.

Musiqiy tovushlarning yozilishi. Kalitlar. Kalitlar haqida tushuncha Musiqa tovushlari nota deb ataladigan maxsus belgilar yordami bilan yoziladi. Nota belgilari o‘rtasi bo‘sh yoki bo‘yalgan doirachalardan iborat bo‘ladi. Tovushlarning xilma-xil cho‘zimini ko‘rsatish uchun bu doirachalarga vertkal tayoqchalar, dumchalar qo‘shib yoziladi.

Tovushlarning balandligini aniqlash uchun notalar beshta parallel chiziqdan iborat va nota yo‘liga yoziladi.

Notalar chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar yetishmay qolganda esa notalar qo‘shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishi uqtiriladi. Nota chiziq boshida maxsus belgi – skripka kaliti bo‘lmaguncha yozilgan notalardan birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi.

Kalitning ikkinchi nomi bo‘lgan «Sol» kaliti bilan ham tanishtiriladi, o‘z gajjagi bilan nota yo‘lining ikkinchi chizig‘ini qamrab oladigan kalit sol notasining o‘rnini ko‘rsatishini, shu sababdan uning sol kaliti deb atalishini tushuntirib beradi. Sol notasining qayerda turganligini bilib olgan bola boshqa notalarni ham topishi mumkin.

Bolalar notaning o‘rnini qanday topish kerakligini juda tez tushunib

oladilar; bu narsa maroqli o‘yinga aylanib ketadi; o‘yin paytida bolalar qayerda qanday nota yozilishini esda qoldiradilar.

Chiziqlar pastdan yuqoriga qarab sanaladi. Nota yo‘lining boshlang‘ich qismida beshta chiziqdan birlashtiruvchi vertical chiziq qo‘yiladi.

Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib 1-oktava doirasidagi har bir notaning o‘rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin:

  1. tarbiyachi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi, bolalar esa ularni nota yo‘liga yozishlari kerak;

  2. tarbiyachi qo‘shiq kuyini kuylaydi, bolalar esa qo‘shiqning kuyuni ko‘rgazmali qurollar orqali nota chiziqlariga joylashtiradilar.

Bu mashqlarni bolalar mustaqil ravishda bajarishadi, so‘ngra ulardan biri shu mashqni doskada ko‘rsatib beradi.

Tovushlar puxta o‘rganilgandan keyin eshitib bajariladigan har xil mashq turlari katta foyda keltiradi. Musiqada notalar nomlanishi bilan birga, turli cho‘zimlarga ham egadir.

Notaning nota chizig‘ida qanday yozilishi. Notalar nota yo‘liga undagi chiziqlar ustiga, chiziqlar oralig‘iga yoziladi. Tovushlar qanchalik baland bo‘lsa, nota belgilari nota yo‘lining shunchalik yuqori yo‘liga yoziladi.

Nota yozuvida asosiy chiziqlardan tashqari ayrim notalar uchun yana qisqa, qo‘shimcha chiziqlar ham ishlatiladi. Nota yo‘lining yuqorisida joylashgan qo‘shimcha chiziqlar birinchi chiziqdan boshlab yuqoriga tomon, notaning o‘zidan pastda joylashgan qo‘shimcha chiziqlar, birinchi chiziqdan boshlab, pastga tomon sanaladi.

Nota doiralarida ikkinchi va uchinchi chiziqlar orasida va undan ham pastroqda joylashgan bo‘lsa, tayoqchalar yuqoriga qarab, o‘ng tomondan, uchinchi va undan yuqori chiziqlarda joylashgan bo‘lsa, pastga qarab, chap tomondan qo‘yiladi.

Musiqada notalar nomlanishi bilan birga, turli cho‘zimlarga ham egadir. Ularning ko‘rinishini quyidagicha tasvirlash mumkin:

«Sol» notasini misol qilib olib, 4/4 o‘lchovda yozilsa, bunday ko‘rinishda bo‘ladi:

Notadan keyin nuqta qo‘yish bilan nota cho‘zimini teng yarmiga uzaytirish mumkin:

Bastakor turli nota va nota cho‘zimlarini tanlab, yangi ohang, kuy yaratadi.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482685-muzykalnye-zvuki-i-ih-svojstva-zvukovye-regis

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки