Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
01.02.2022

Духовно-нравственный облик музыкального педагога дошкольного образования и современные требования к нему

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья написана на узбекском языке.
Нравственное воспитание есть выражение отношения народных масс к характеру и поведению личности в различных сферах жизни и в отношениях с людьми. Отношение человека к Родине, к труду, к материальным благам, к другим людям в семье, к самому себе и воспитание этого нравственного отношения к себе составляют идеи нравственного воспитания.
Абу Наср аль-Фараби, родоначальник нашей национальной культуры, так описывает положительное влияние музыки на формирование личного совершенства: регулирует, взращивает незрелых, поддерживает равновесие находящихся в равновесии. … Эта наука полезна и для здоровья тела». Известный педагог В. А. Сухомлинский также признавал, что музыкальное искусство является великим источником мышления, без которого невозможно умственное развитие ребенка. Ведь каждое музыкальное произведение имеет определенную идею или художественное содержание исполнителя. Содержание музыки воспринимается в результате активного течения идейно-эмоциональных переживаний воспитанника.

Содержимое разработки

Maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa tarbiyachisini ma’naviy va ahloqiy qiyofasi va unga qo’yilgan zamonaviy talablar

Ahloqiy tarbiya - bu hayotning turli sohalarida va insonlar bilan munosabatda shaxsning harakteri va hulq-atvoriga xalq ommasining munosabatlarini ifodalanishi. Insonning Vatanga, Mehnatga, moddiy ne’matlarga, oilaga boshqa kishilarga hamda o’ziga munosabati va mazkur o’ziga ahloqiy munosabatlarini tarbiyalash, ahloqiy tarbiya g’oyalarini tashkil qiladi.

Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al- Farobiy musiqaning shaxs kamoloti shakllanishiga ijobiy ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa-D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’1-atvori muvozanatni yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamol yetmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. … Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.» Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy ham musiqa san’ati ulkan tafakkur manbai, usiz bolaning aqliy rivojlanishiga erishib bo’lmasligini e’tirof etgan. Zotan, har bir musiqa asarida ijodkorning ma’lum g’oyasi yoki biror badiiy mazmun bo’ladi. Musiqaning mazmuni tarbiyalanuvchining g’oyaviy emotsional xissiyoti faol kechishi natijasida idrok etiladi.

Shuning uchun to’g’ri tarbiyalangan musiqaviy-badiiy did musiqa asarining g’oyaviy va badiiy mazmunini chuqur anglashda katta rol o’ynaydi. Demak, ahloqiy va aqliy-g’oyaviy tarbiya badiiy tarbiyaning ichki mazmunidir. Bu vazifani amalga oshirishda xalq musiqasi va kompozitorlar asarlarining mohiyatini, ularning tuzilish jihatidan farqini, milliy xususiyatlarini hamda janr tuzilishlarini o’rganish zarur. Bunda atoqli san’atkorlar ijodi bilan tanishish, ular yashagan davrni bilish, ular yaratgan asarlarni musiqiy-pedagogik jihatdan tahlil etib o’rganish, mashxur asarlar taqdiri va tarixi bilan tanishish muhim rol o’ynaydi.

O’rganiladigan asarlar badiiy va g’oyaviy jihatdan yaxlit ta’surot qoldirishi uchun ularni ma’lum mavzu asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday mavzular bir yoki bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlari, ijrochilik turlari yoki uning ifoda vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanishi mumkin. Masalan «Lad nima?», «Xalq musiqa ijodi», «Bastakorlik va kompozitorlik ijodi», «Musiqiy-epik dostonlar». «Katta ashula janri», «Maqoinlar», «O’zbek musiqasida ijrochilik uslublari», «Musiqaning oddiy shakllari», «Qo’shiqlarda kuplet shakilari», «Syuita shakli», «Simfonik asarlar janrlari, «Musiqiy saxna asarlari» va boshqalar shular jumlasidandir.

Garchi mazkur mavzu tizimi uslubi yangi dastur tarkibida ishlab chiqilayotgan bo’lsa-da, ammo bu narsa keng o’qituvchilar tajribasiga ham tayangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Asarni badiiy yaxlit idrok qilish, ikkinchidan, mashg`ulot tuzilishiga ham bog’liq. Mashg`ulotda turli musiqiy faoliyat turlarini (musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa savodi) asarni musiqiy-pedagogik tahlil etish, musiqaning badiiy xususiyatini ayrim harakatlarda ifodalash va hokazo yagona maqsad sari yo’llash va bu bilan mashg`ulotni mazmunan qiziqarli tashkil etish lozim. Shu boisdan musiqa mashg`uloti kompleks mashg`ulot tipiga kiradi. Mashg`ulotda faqatgina ashula aytib bolalarni zeriktirishga yo’l qo’ymaslik lozim. Bu ularning qiziqishini so’ndiradi va ovoz apparatlariga ziyon yetkazadi.

O’zbekiston mustaqil davlatga erishgan bir sharoitda ma’naviy va ahloqiy tarbiya qator omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko’rinadi. Ahloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit xolga keltiradi. O’zbek xalqining moddiy va madaniy darajasining ko’tarilishi yangi ahloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sotsial bazasini kengaytiradi, shaxs extiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi.

Ahloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni ahloqiy shakllantirishdir. Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo tarbiyalanuvchilarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari harakterida o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi.

Ahloqiy tarbiyaning mazmuni mashg`ulot dasturlarida joylangan bo’lib, u mashg`ulot jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, kuylash uchun mo’ljallangan qo’shiqlar repertuaridan ona-Vatanga, boy tabiatimizga, xalqimiz mehnati va hayoti bilan bog’langan turli bayramlarga, ahloq-odobga keng o’rin berildi. Tanlangan qo’shiqlar xilma-xil janrda bo’lib, ular ko’proq milliy musiqamizdagi lirik qo’shiqlar, xazil-mutoiba tarzidagi qo’shiqlar, bolalar xalq qo’shiqlari, bolalar o’yinlarini o’ynash uchun mos keladigan kuy-qo’shiqlar, marsh va vals kuylarini o’z ichiga oladi.

Shuningdek, dasturga qardosh va chet el kompozitorlari asarlari chet el xalqlarining qo’shiqlari asarlari qo’shiqlaridan namunalar ham kiritildi. Bu qo`shiqlarning g’oyaviy, ahloqiy va estetik mazmunini tarbiyalanuvchilarga yaxshiroq singdirish uchun mavzuga mos kirish, ahloqiy suhbatlar, savol javoblar kabi usullardan ijodiy foydalaniladi.

Berilgan mavzularni oson o’zlashtirish uchun ifodali o’qish, mavzu asosida rasmlar chizish, ularni tahlil qilish, eski ro’znoma va oynomalardan mavzuga doir rasmlarni kesib yopishtirish kabi usullardan ham keng foydalanish tavsiya qilinadi. Ahloqiy tarbiya yoshi va tarbiyalanuvchilarning to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni ham hisobga olganda, shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ahloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi:

Inson hayoti va madaniyatining ahloqiy qadriyatlari to’g’risida keng tasavvur beradi. Ahloqiy bilim asosan ahloq to’g’risidagi suhbatlar, ma’ruzalar mavzuiy kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.

O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avvalo insonparvarlik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, do’stlik, birodarlik, poklik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan hozirda ma’naviy tarbiyani yoshlarda shakliantirish dolzarb vazifadir. O’zbek milliy qo’shiqlarini meromiga yetkazib kuylash, tinglovchilarning yuragiga ta’sir qildirish - bir san’at, u san’atdan bahra ola bilish ham katta iste’dod bo’lib qoldi. Shuning uchun keksa san’at ustalarimizni tinglay olish, ularni ardoqlash, e’zozlash, oqibatli bo’lishni yosh avlodga o’rgatish, biz tarbiyachilarga katta vazifa yuklaydi. O’qituvchi-ustozning mahorati o’z tarbiyalanuvchisini har bir ishni bajarishga majbur etishida emas, balki uni bu ishni o’z xoxishi-irodasi bilan, tushunib quvonch bilan bajarishga ragbatlantirishdadir.

Ma’naviy tarbiyaning bir nechta jihatlari mavjud. Shuning bir qirrasiga ya’ni musiqiy ta’sir orqali yuksak insoniy xis-tuyg’ularni shakllantirish masalalariga ozgina to’xtalamiz. Asrlar osha yetib kelgan xalq hayotini ko’rsatuvchi qo’shiq va kuylar juda ko’p. Ular xis-xayajon uyg’otuvchi, mazmuni jihatidan esda qoluvchi, ta’sirchan kuchga egadir. Ularni har bir inson uchun qimmatli ahamiyatga ega ekanligini allomalarimiz uqtirib kelganlar. (Yo alxazar, ey musiqa olami, yaxshiyam sen borsan, agar sen bo’lmaganingda insonlarning ahvoli nima kechardi, - deb xitob qilgan edi, - Farobiy)

Farobiyning fikricha musiqa kishini ruxlantirib umumiy ma’naviy kamolotga yetishishida ijobiy rol o’ynaydi. Shuningdek, uning salomatligiga foydasi borligini aytib o’tadi. Musiqa sadolar ta’sirida asab tartibga tushadi. Kuylarning harakatiga uning ritm holati bilan tomir urishi mos ravishda kelishini ham hisobga olgan Ibn Sino va ohangni bola qalbiga estetik ta’siri haqida qimmatli fikrlarini aytadi. «Shaxsni rivojiantirish, tarbiyalash va shakllantirish bu insonning aqliy va ma’naviy kamolga yetkazish jarayonidir.» Ma’maviy tarbiyani yo’lga qo’yishda quyidagi talablarni hisobga olish zarur:

1. Sharq allomalarining musiqa va musiqiy tarbiyasiga bag’ishlangan asarlardan keng foydalanish;

2. Ijodkor keksa avlodlarimizdan foydalanib qolish, ularning ishini davom ettiruvchilarni tayyorlash kerak;

3. Pedagogik amaliyot davrida quyidagilarga ahamiyat berish lozim:

  1. maktabgacha ta’lim muassasasida mashg`ulotlarni boshra o’yihlar bilan uzviy bog’lab olib borish;

  2. Radio, televideniyening musiqiy eshittirishlari va ko’rsatuvlarlaridan unumli foydalanish;

  3. Ijodkor tarbiyalanuvchilar bilan tanlovlar o’tkazib borish, saxna harakatini o’rgatish;

  4. Tarix, san’ at muzeylariga sayohatlar uyushtirish;

  5. Milliy musiqa merosimizdan foydalanish milliy madaniyatga havasni shakllantirish;

Bu so’zlardan hozirgi yoshlarimiz ibrat olsalar, o’z ijodlariga
tanqidiy ko’z bilan qarasalar, ustoz-o’qituvchilar orqasidan ergashsalar
madaniyatimiz yangipog’onaga ko’tarilar, jahon bo’ylab qo’shiqlarimiz, kuylarimiz taronalar, ma’naviyatimiz yanada boyib borardi.

Musiqa tarbiyachisi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadoqatli, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim. U o’zi uzluksiz kasbiy va madaniy rivojlanish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. U pedagogika, ruxshunoslik, musiqa o’qitish metodikasi, estetika nazariyasi fanlaridan xususan musiqa o’qitishni chuqur bilishi va malakalar egasi bo’lmog’i darkor. Ayniqsa, unda musiqa tarbiyachisi ixtisosi zarur me’yorida cholg’uchilik, honandalik va musiqa nazariyatchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim.

Musiqa tarbiyachisi pedagog muloqot ustasi bo’lishi har qanday vaziyatda ham pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Hozirgi musiqa tarbiyachisi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi izlanuvchan va ijodkor bo’lib musiqa o’qitishlar yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan, ijodkor tarbiyachilar tajribasi va kashf etgan yangi usullari musiqa ta’lim-tarbiyalar doimiy ravishda rivojlanishlar asosiy tayanchi va ilxom manbaidir. Musiqa tarbiyachisi san’at ziyolisi sifatida bogchada musiqiy ma’rifiy ishlarning sardoridir.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482252-duhovno-nravstvennyj-oblik-muzykalnogo-pedago

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки