Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
01.02.2022

Значение музыкальной культуры в личностном развитии школьников

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья написана на узбекском языке.
Развитие, воспитание и формирование личности – это процесс физической и психической зрелости человека. Этот процесс имеет свои объективные и субъективные аспекты.
Музыка – вид искусства, который занимает широкое место в нашей культурной жизни и играет важную роль в формировании личности человека. Еще в четвертом веке до нашей эры греческий философ Платон сказал: если воспитание направлено в правильное русло, то в противном случае получится наоборот.
Его ученик Аристотель (Платон) с полной уверенностью поддерживает эту идею. «Музыка оказывает определенное влияние на нравственную сторону человеческой души, поэтому она влияет на воспитание молодежи». Определенное влияние музыки на формирование личности Абу-Наср аль-Фараби, родоначальник нашей национальной культуры, объясняет так: регулирует, взращивает незрелых, поддерживает равновесие находящихся в равновесии. Это также полезно для вашего здоровья».

Содержимое разработки

Umumta’lim maktabi o’quvchilarini shaxs bo’lib rivojlantirishda musiqa madaniyatining axamiyati.

Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish - bu insonning jismonan, aqlan mamaviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o’ziga xos obektiv va sub’ektiv tomonlari mavjud.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o’ynaydigan san’at turidir. Eramizdan oldingi IV asrdanoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko’proq shu vaqtda qalbga chuqur yo’l topadi va salobat baxsh etib, uni ko’rkam qiladiki, agar tarbiya to’gri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, aks xolda uning teskarisi bo’lib chiqadi.

Uning shogirdi Aristotel (Aflotun) komil ishonch bilan mazkur fikrni quvvatlaydi. «Musiqa kishi ruxining ahloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga, ta’sir etadi.» Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nasr Al-Farobiy esa musiqaning shaxs shakllanishiga aniq ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l atvori muvozanatni yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.»

Musiqa inson ruxi va aqliy rivojiga bebaho ta’sir o’tkazadi. Ch.Darvin umrining oxirlarida quvvati xofizasi (xotirasi) va fikrlash qobiliyatining pasayishidan shikoyat qilib yozadi: «Agar menga ikkinchi bor dunyoga kelish nasib bo’lganda edi, endigi hayotimda loaqal xaftada bir marta bo’lsa ham, bir necha she’r o’qishni o’zimga qoida qilib olardim.» Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib turadi.

Aqliy va jismoniy rivojlanishning garmonik qo’shilishiga ahloqiy soflik, san’atga va hayotga estetik munosabat - shaxsning to`laqonli kamolga yetishida muhim shartlardir. Bu olijanob maqsadga erishishda to’g’ri yo’lga qo’yilgan bolalar musiqa tarbiyasi katta ahamiyatga egadir.

Bolalar qobiliyati aktiv musiqa faoliyati davomida rivojlanib boradi. Qobiliyatlar deganda insonning kerakli ko’nikma, malaka, ilmlarni olishi va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llay olishga qaratilgan psixologik xususiyatlari tushuniladi.

Ma’lum bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyat. Nerv sistemasining
(tizim)analizatorlari sezgirligi, kuchi,nerv jarayonlarining harakatlanganligi, muvozanatlashganligi kabiomillar asosida rivojlanadi. Masalan: bir sinfda o’qiyotgan ikkita o’quvchiga o’qituvchi bir xil asar sh’erni etyudini beradi. Lekin o’quvchilardan biri etyudni bir xaftadan keyinroq, yana biri darhol chaqqon, tez o’lashtira boshlaydi. Boshqa o’quvchi esa bu ishni bir oy o’tganda ham bajara olmaydi va ko’p xatolar qiladi. Muvaffaqiyatga erishishdagi bu farqni xoxlagan bir pedagog ana shunday holatlarda o’quvchilardagi qobiliyatlar darajasiga bog’laydi.

Tug’ma qobiliyatlarning irsiy berilishi, masalan: tibbiyot ilmida va unga muvofiq pedagogikada ham alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, ichkilikbozlikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba’zi bir irsiy ko’chib o’tadigan ruxiy kasalliklarga chalinish xollari uchraydi. Sog’lom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifati yuqori bo’lishi kuzatiladi. Jismoniy va ruxiy sog’lom bo’lgan kishilarda ma’lumotlilik hamda bilish jarayonlarining rivojlanishi ko’p jihatdan ular qanday sharoitda o’qitilayotganligi yoki qanday sharoitga qo’yilganligi bilan belgilanadi.

Bizning talim-tarbiya tizimimiz hamma o’quvchilar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga har bir kishida mavjud bo’lgan iqtidor, qobiliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi, o’quvchilarga ularning individual o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan xolda yondashuvni inkor etmaydi. Qobiliyatlar namoyon b’lishi uchun esa uning egasi ko’p mehnat qilishiga to’g’ri keladi .

Xalqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi» degan maqol bor. Har bir bola birinchi tarbiyani o’z ota-onasidan, oila a’zolaridan, o’z atrofidagi yaqin kishilardan oladi. Oiladagi ijobiy muhit, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, bir-biriga bo’lgan hurmat va e’tibor, mehribonlik, o’zaro yordam va ularning musiqaga bo’lgan munosabatlarini bolalarda dastlabki tushuncha va ko’nikmalarining rivojlanib borishida asosiy o’rin tutadi. Bolalar shaxsi uning faoliyati jarayonida tarkib topdi. Zotan, o’quvchining faoliyati juda maroqii, o’ziga xos go’zal va shakl jihatidan rang-barangdir. Bu xil fazilatlar bolalarga xos bo’lgan doimiy extiyojga aylangandagina ulardagi faollik yanada ortadi. Maroqli va ma’naviy zavq beruvchi ana shu go’zal tuyg’u bolalar va o’quvchilarning ayniqsa, nafosat tarbiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Binobarin, bolada namoyon bo’ladigan ilmiy badiiy-estetik tarbiya muhim ma’naviy go’zallikka puxta, zamin hozirlaydi.

Bolalar yoshlik xususiyatlarini e’tiborga olib uni ilk yoshidan tashkil qilish va yo’naltirish - pedagog vazifasidir. Aks xolda bola rivojlanishida orqada qolish seziladi. Misol uchun bolalarni ilk yoshida musiqaviy tovushlarning balandligi bo’yicha ajratib borishga o’rgatilmasa u yetti yoshida bu vazifa-larni uddalay olmaydi.

Musiqaviy rivojlanishning muhim xususiyatlari quyidagilardir:

  • eshitish sezgisi, musiqaviy eshitish qobiliyati;

  • har xil harakterdagi musiqalarga emotsional munosabatning sifati va darajasi;

Qo’shiq kuylashda, musiqaviy ritmik harakatlar bajarishda oddiy ko’nikmalar hosil qilish.

Bolalar hayotining 1-yili

Ruxshunoslar (psixologlar) bolalarda eshitish-sezish erta uyg’onishini ta’kidlaydilar. A.A.Lyublinsqaya malumotlariga ko’ra bola hayotining 10-12 kunida tovushlarga munosabat seziladi.

2 oylik bola ovozga, skripka tovushlariga quloq solib tinchib qoladi.

4-5 oyiik bolalar ovoz kelayotgan manbani izlaydilar.Qo’shiq kuylayotgan ovozga quloq tutadilar. To’g’ri rivojlanayotgan bola birinchi oylardan boshlab musiqa harakteriga kompleks jonlanish munosabatida bo’ladilar, ya’ni ular quvonadilar yoki tinchib qoladilar. Bola hayotining birinchi yili oxiriga borib kattalar qo’shig’iga g’uvillash bilan jo’r bo’lishga harakat qiladilar.

Bola hayotining 2-yili

Bolalar musika tinglashda yorqin emotsional munosabat quvnoq jonlanish yoki muloyim kayfiyat bildiradilar. Bola baland va past tovushlarni, qattiq va sekin yangrash, xatto tembr ishlarini ham ajratadi. (Metallofon yoki barabanda ijro qilinayotir) Birinchi marta ongli ravishda qo’shiqchilik intonatsiyalari hosil bo’ladi. U kattalar qo’shig’iga jo’r bo’lib qo’shiqning oxirgi jumlalarini takrorlaydi, u oddiy harakatlar chapak, oyoq taqillatishi, musiqa ostida aylanishlarini bajarishi mumkin.

Bola hayotining 3va 4 yili

Bolalarda sezgirlik, jismlarning har xil xususiyatlarini ajratish, shu jumladan musiqaviy kabi xususiyatlar ham rivojlanadi. Shuningdek, musiqaviy sezgirlikning individual rivojlanishi kuzatiladi. Misol uchun bolalar oddiy qo’shiqlarni aniq kuylashlari mumkin. Bu davr yana bolalarning mustaqil harakat qilishga intilishi bilan harakterlanadi. Bolalarda aktiv harakat qilishga intilish, musiqa bilan shugullanishga qiziqishi ortadi. 4 yoshli bolalar kattalarning ozroq yordami bilan kichik ashulalarni mustaqil kuylashlari mumkin, ular har xil harakatlarni biladilar va uni ma’lum darajada mustaqil ishlata oladilar.

Bola hayotining 5 yili

Bu davr ularning aktiv qiziqqonligi bilan harakterlanadi. Bu davr nimaga? Nima uchun? - degan savollar davridir.

Ular kuzatuvchan bo’lib musiqaning quvnoq, shodiyona, tinch harakterini, tovushlar baland-pastligini, p’esalarning birinchi qismi tez ikkinchi qismi sekin ekanligini, kuy qaysi asbobda ijro qilinayotganligini (royal, skripka, bayan) aniqlay oladi. Bola oldiga qo’yilayotgan talablarni to’g’ri tushunish. Tovush bu davrda jarangdor, harakatchan xususiyatga ega bo’ladi. Ovoz intonatsiyasi ancha turg’unlasnadi, lekin doimo kattalar yordamiga muxtoj bo’ladi. Harakatning asosiy turlari - yurish, chopish, sakrashlarni egallash bolalarga bu harakat turlarini o’yin, raqslarda qo’llash imkonini beradi.

Bola hayotining 6-7 yillari

Bu davr bolalarni maktabga tayyorlash davridir. Bog’chada olingan musiqaviy ta’asurotlar, bilimlar ta’sirida bolalar musiqa asarlariga harakleristika berish uning ifoda vositalarini tahlil qilishlari musiqada ifodalangan har xil kayfiyatlarni sezishlari mumkin. Bola musiqaviy obrazlarni butunligicha qabul qilish qobiliyatiga ega b’ladi.

Bu esa tevarak-atrofga estetik munosabatni tarbiyalashga katla yordam beradi. 6-7 yoshli bolalarda ovoz apparati yanada rivojlanadi. Ovozda kuychanlik, jarangdorlik paydo bo’ladi. Qo’shiq, raqs va o’yinlar mustaqil ravishda ijro qilinadi. Musiqaviy qiziqish va qobiliyatlar yorqinroq namoyon bo’ladi.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482255-znachenie-muzykalnoj-kultury-v-lichnostnom-ra

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки