- Курс-практикум «Педагогический драйв: от выгорания к горению»
- «Труд (технология): специфика предмета в условиях реализации ФГОС НОО»
- «ФАООП УО, ФАОП НОО и ФАОП ООО для обучающихся с ОВЗ: специфика организации образовательного процесса по ФГОС»
- «Специфика работы с детьми-мигрантами дошкольного возраста»
- «Учебный курс «Вероятность и статистика»: содержание и специфика преподавания в условиях реализации ФГОС ООО и ФГОС СОО»
- «Центр «Точка роста»: создание современного образовательного пространства в общеобразовательной организации»
Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014
- Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
- Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
- Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
в СМИ
профессиональную
деятельность
Обрядовые песни Узбекистана
Стало традицией называть семейные обрядовые песни (дни рождения, свадьбы, траурные обряды), связанные с образом жизни человека, конкретными обрядами или обрядами.
От рождения до совершеннолетия семья празднует множество семейных ритуалов. Примеры включают свадьбы в колыбели, свадьбы с обрезанием, мучальские свадьбы, свадьбы, свадебные салюты, траурные церемонии и многое другое. Эти обряды проводятся по-семейному. Поэтому они имеют массовый характер.
Мелодии и песни имеют особое значение в семейных церемониях. Следует подчеркнуть роль инструментальной музыки. Например, на свадьбах или других семейных мероприятиях в доме играют на музыкальных инструментах, таких как трубы, санрей, ногара и дойра, указывая на то, что в доме по соседству идет свадьба или торжество.
Следует отметить, что в этом случае песни исполняются во время церемонии, а не отдельно. Исполняемые индивидуально и коллективно, лирическое содержание песен воплощает личные чувства. Например, песня «Келин Салом» — традиционная песня, исполняемая на свадьбе.
O’zbekistonning marosim qo’shiqlari.
Insonning xayot yo’li bilan bog’liq oilaviy marosim qo’shiqlar (tug’ilgan kun, to’ylar, motam marosimlari) o’ziga hos urf odatlar yoki marosimlar bilan nomlanish an’anaga aylangan.
Oilada farzand tug’ilishdan boshlab uning ulg’ayib katta bo’lgunligiga qadar turli urf odatlarga boy oilavi marosimlar o’tkaziladi. Masalan beshik to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi, nikox to’yi, kelin salom, motam marosimlari vahokazolar. Ushbu marosimlar oila davrasida o’tkaziladi. Shuning uchun ular ommaviy harakterga ega.
Oilaviy marosimlarda kuy va qo’shiqlar aloxida axamiyatga ega. Bunda ayniqsa, cholg’u musiqasining vazifasini aloxida ta’kidlash lozim. Jumladan to’y marosimi yoki oilada turli vaziyat bilan o’tkaziladigan tadbirlarda karnay, sunray, noghara va doiradan iborat cholg’u asboblari ushbu xonadonda yangrab oilada o’tkazilayotgan marosimdan darak beradi, yani maxallada qaysidir xonadonda to’y yoki hursandchilik bo’layotganligini bildiradi.
Shuni aytish lozimki, bunda qo’shiqlar aloxida ijro etilmadan urf odati bilan marosim o’tkazish jarayonida ijro etiladi. Ijro yakka va ommaviy tarzda bo’lib qo’shiqlarning sheriy mazmunida shaxsiy tuyg’ular mujassamlashadi. Masalan “Kelin salom” qo’shig’i nikox to’yi marosimida an’anaviy ijro etib kelinadigan qo’shiqdir.
Ushbu qo’shiqni aytish vaziyati kelinni kiyov xonadoniga kelishi bilan yuzaga kelib, kiyovning ota-onasi, qarindosh urug’lari ko’ni qo’shnilariga kelin nomidan ma’lum oxanglarda salom aytib turiladi. Ijrochi ijro jarayonida sher mazmuniga o’zgartirish kiritadi, yani ushbu xonadonga qarashli insonlarga murojaat etgan xolda badixa (tayyorgarliksiz ijro etilgan kuy yoki qo’shiq) ijro etadi.
Oilaviy marosim aytimlari yana bir yuri bu motam marosimi, yani “yig’i” qo’shig’idir. “Yig’i” turli vaziyatda yuzaga keladi, u janr sifatida asosan motam marosim – azada to’liq namayon bo’ladi. Yig’i motam marosimi jo’rligi hisoblanib yaqin kishisi, oila azolarining vafot etishi bilan bildiralgan chuqur qayg’u, ichki kechinma va alamli dard qayg’ularning insondagi mujassam ifodasidir. Motam marosimi birxil davom etib, yil davomida shu qo’shiq urf odatlarini o’z ichiga olgan holda asosan xotin qizlar tamonida aytib turiladi. “Yig’i” qo’shig’ida shaxsiy xayot vafot etgan insonning butun umri bo’yi olib brogan faoliyati zikr etilganligi sababli malum sheri qofiyaga ega emas, ko’proq badixa tarzida ijro etiladi.
Diniy navolar.
Xalqimizning musiqa merosida aloxida o’ringa ega bo’lib kelgan diniy mazmunga kuy va qo’shiqlar o’zbek xalqining islom dinini qabul qilishi bilan bog’liqdir. Diniy navolarda avvalo muqaddas quroni karim, sura oyatlari qiroat bilan ijro etiladi, zeroki kerakli bo’lgan uslublarda qiroat eta olishga madrasalarda maxsus tayorgarlik ko’riladi (usta shogirt uslubi). Shu o’rinda aytib o’tish lozimki qiroat yo’llarini no’ta vositalarida aks ettirib bo’lmaydi.
Chunki ularning sermano va jozibali ijrosi faqat jonli o'qishda ko'rinadi. Binobarin ijro uslublarini o’rgatishda maxsus maktab va madrasalarda ta’lim ko’rgan shogirt yillar davomida yuqori maqomni oladi.
O’zbek musiqa merosida diniy navolar o’z o’rniga ega. Aytim va navolarni mazmuniga ko’ra ikki guruxga bo’lish mumkin.
Diniy marosim kuy aytimlari.
Diniy mavzuli kuy aytimlari.
Birinchi guruxga diniy marosimlarda ijro etiladigan kuy va qo’shiqlar kiradi. Jumladan Ramazon oyida kuylangan “Ramazon” qo’shig’i.
Ikkinchi guruxni diniy mavzudagi kuy va qo’shiqlar tashkil etadi. Navoiyxonlik, Munojot, Mashrabxonlik, Yassaviyxonlik malum darajada maqom yo’llari va katta ashulla shular jumlasidan.
Qo’shiq.
O’zbek musiqa merosining ikkinchi qatlamini erkin mavzuli kuy qo’shilar tashkil etadi. “Qo’shiq” so’zi ikki ma’noda keladi, birinchisi – qo’shiq bu nisbatan kichik ovoz doirasiga ega bo’lib, she’ri tuzilishi barmoq vaznida kelib, qo’sh qofiyalikka ega. Ikkinchi ma’noda ovoz bilan kuylash yani so’z va kuyning birligi.
Bular o’zbek xalq musiqa janrlaridan bo’lib, mazmun xilma-xilligi , ommabob ijrosi bilan boshqa janrlardan farqlanadi. Qo’shiqlarda she’rlar qo’sh qofiyada kelib (aaba, aabb abab) nutq misradan iborat ruboiylar ishlatiladi.
Kuy tuzilishi esa mazmunga bog’liq. Chunki qo’shiqlar turli xilma-xil ko’rinishga ega, jumladan, xjviy, tarixiylik bilan birga ko’proq lirik ko’rinishda keladi. Asosiy qo’shiqlarning ovoz doirasi nixoyat torligi (kvarta, kvinta, seksta) sababli ijro jarayonida qiyinlik tug’dirmaydi, qo’shiqlar ijrosida ko’proq doira musiqa asbobi jo’rsozlik qiladi. Bizning davrimizda sevilib kuylab kelinayotgan “Paranji”, “Baland tog’ ustida”, “Shamol eshik ochadi”, “Daryo toshqin” va lirik qo’shiqlar shular jumlasidandir.
Ashula.
O’zbek xalq janrlaridan birini ashula tashkil qiladi. Ashula qo’shiqdan farqli o’laroq, o’z rivojlanish diopazonining kengligi, usulning sezilarli darajada o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Ashulaning she’ri asosini xalq she’rlarida barmoq vazni va mumtoz she’rlar tashkil qiladi. She’rlar mazmuni falsafiy ma’noga ega bo’lganligi sababli kuy oxanglari ham murakkablikni talab qiladi. Ashulaning kuy va she’r takibini ko’proq ishqiy lirik mazmunli she’rlar tashkil qiladi.
Ashulaning eng rivojlangan namunasi kasbiy musiqada katta ashula yoki “Patnis ashula” nomi bilan atalgan. Ashulaning rivojlangan namunalari hozirgacha kuylanib kelinmoqda, bular “Tanovor”, “Yorginam”, “Chaman ichra”, “Yaxshilik qil”, “Porloq hayotim”, “Hayot qo’shig’i” va xo kazolar.
Katta ashula o’z kuyning juda ham rivojlanganligi, diopazonining juda kengligi ikki yarim, uch oktavaga yaqin oxang rivojlanishi murakkabligi bilan o’zbek xalq janrlari ichida aloxida o’rin tutadi. Katta ashulada doira usuli murakkab bo’lib, erkin usul sifatida badixa tarzida kuylanadi. Katta ashulaning ijro etilishi ham o’ziga xos uslubda bo’lib, ikki yoqi undan ko’p hamnafas, ya’ni doimo professional xonandalar tomonidan birga ijro etiladi.
Lapar.
O’zbek xalq musiqachisining ikkinchi qatlamini tashkil etuvchi Lapar ikki kishi tomonidan ijro etiladigan aytimdir. Odamda turli ommaviy marosimlar va katta ommaviy tadbirlarda, ko’proq saylgoxlarda yigit bilan qiz o’rtasida lapar aytishuv o’tkaziladi. Lapar orqali yigit bilan qiz bir-biriga muxabbat isxor etib, birga ichki tuyg’ularini ifoda etadilar.
Xozirgi kunda kuylanib kelinayotgan laparning aksariyati marosimlar bilan bog’liq bo’lmay, bevosita turli oilaviy yig’ilishlarda ijro etiladi. Laparlarda sevgi muxabbat asosiy mavzuni tashkil qiladi. Ularda xazil mutoiba mazmunidagi sherlar aks ettirilgan. Laparda she’r misralari orasida naqoratlar bo’lmaydi. Shu bois ikki kishi tomonidan aytilib, savol javob asosiga qurilgan.
Lapar kuy ohanglari nisbatan ixcham va barqaror tuzilmalarga tayangan holda qo’shiq bilan birgalikda raqs ham qo’shilib ketadi.
“Bilaguzuk”, “Qoraqosh”, “Hila-nama deysiz?” kabi laparlar xalq orasida mashxur bo’lib, kuylanib kelinayotgan laparlardir.
Nixoyatda mashxur bo’lgan “maxalliy laparlar” Xorazm voxasida ijro etiladi. Bu xildagi laparlar qo’shiq janriga yaqin bo’lib raqsbobligi sababli o’zining asl xolatini saqlab kelgan. “Galdim sana mexmon bo’lib”, “Par devol” shular jumlasidan.
Yalla.
O’zbek musiqa ijodi serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Musiqa va raqs o’zbek milliy musiqa san’ati xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog’liq. Yalla janrida ham xalq xayoti va ijodi yaqqol ko’rinadi va o’zbek musiqa janrlari orasida aloxida o’rin egallaydi. Yallada qo’shiq va raqs mushtarakdir. Anashu xususiyatlari, ya’ni raqsbobligi, raqsning ijro etilishi, ijroda ko’pchilikning ishtirok etishi kabi jixatlari laparga yaqin janr ekanligidan dalolat beradi.
Yalla so’zi o’ynab-kulish, kuylash, hursandchilik qilish manolarini bildiradi. Yallada band naqorat shakli barqarordir. Bu xolat laparda ko’rinmaydi. Chunki laparda naqorat ishlatilmaydi. Yalla ko’proq yakka va jamoa ijrosida qo’llaniladi. Demak, band naqoratni yallachi va jamoa (naqoratchi) navbatma-navbat kuylashadi. Yallada o’ynab kuylash hususiyati uning she’ri matniga bog’liq, yengil xazil mutoiba bilan barmoq vaznidagi she’rlar yallaga xush kayfiyat baxsh etadi. Naqoratni yanada o’ynab kulishga chorlovchi “Yallo”, “Yalli” so’zlari boshqaradi. Yallada barcha musiqa asboblari ishlatiladi, ijro jarayonida raqsboblikni barqaror ishlashi uchun doira asosiy jorsoz musiqa asbobi hisoblanadi.
Bugungi kunda xalq orasida mashxur bo’lib sevilib kuylanib kelinayotgan “Yallama yorim”, “Yallola”, “Oxo yalli” kabi yallalar bunga misol bo’la oladi.
Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482257-obrjadovye-pesni-uzbekistana
БЕСПЛАТНО!
Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)
Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.
- «Методика преподавания технологии в средней школе в контексте ФГОС»
- «Содержание и методы обучения математике по ФГОС ООО от 2021 года»
- «Реализация инвариантного модуля «Компьютерная графика. Черчение» учебного предмета «Труд (технология)» по ФГОС»
- «Адаптивная физическая культура: содержание и методы физического воспитания учащихся с ОВЗ по ФГОС»
- «Организация обучения и воспитания учащихся с ОВЗ в соответствии с ФГОС»
- «Особенности организации занятий по музыке»
- Педагогика и методика преподавания русского языка и литературы
- Дошкольная педагогика: теория и методика обучения и воспитания
- Содержание и организация профессиональной деятельности по присмотру и уходу за детьми
- Логопедическая работа при нарушениях речи у детей дошкольного возраста
- Управление специальной (коррекционной) образовательной организацией
- Особенности обучения предмету «Труд (технология)»

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.