Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
01.02.2022

Узбекские народные песни

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья написана на узбекском языке.
Еще один жанр узбекской народной музыки – национальная сборная. Команда означает выбранный, собранный, отобранный.
В народном творчестве есть два типа терминов:
Термы в исполнении Бахши, поэта, сказителя.
Народные команды.
На народных собраниях, церемониях и праздниках разного рода выступают бахши, т. е. разыгрывают сюжеты из различных эпосов. Анашу использует национальный жанр в исполнении былин. На основе поэтических четверостиший Бахши в качестве примера цитирует отрывки из своих эпосов, спрашивая шинавана: «Какой эпос мне рассказать?» задает вопрос.
Бахши декламируют стихи от 300 до 400 строк после чтения синавана, декламируя свои стихи из 10-15 строк. В настоящее время среди бахши популярны такие термины, как «домбирам», «нима айтай», «армоним калмади». Национальные гимны исполняются национальными гимнами.

Содержимое разработки

O’zbek xalq terma qo’shiqlari.

O’zbek xalq musiqa janrlaridan yana birini terma tashkil qiladi. Terma – bu tanlangan, terib olingan, saylab olingan degan manoni bildiradi.

Xalq ijodiyotida ikki ko’rinishdagi termalar mavjud:

Baxshi, shoir, dostonchi tomonidan ijro etiladigan termalar.

Xalq termalari.

Xalq ommaviy yig’inlarida, marosimlarda, turli harakterdagi bayramlarda baxshilar chiqishlar qiladi, ya’ni turli xil dostonlardan qissalar ijro etadilar. Anashu dostonlarni ijro etishda terma janridan foydalanadilar. Bunda baxshi she’riy to’rtliklar asosida bisotida bor dostonlardan namuna sifatida parchalar aytib o’tadi, bu bilan shinavandaga “Qaysi dostonimni aytib beray?” degan savol bilan murojaat qiladi.

Baxshilar 10 – 15 misradan misradan iborat termalarini aytib, shinavanda joylashgandan so’ng 300-400 misragacha bo’lgan dostonlarni kuylab beradilar. Baxshilar orasida xozirgi kunda “Do’mbiram”, “Nima aytay”, “Armonim qolmadi” kabi termalar mashxurdir. Xalq orasida kuylab kelinayotgan termalar – termachilar tomonidan ijro etiladi.

2. Zamonaviy xalq o’yinlari xalqni, o’yin qatnashchilarini aqliy jixatdan tarbiyalashda bilimli, topqir, badiiy-ijodiy topqirlikni va qobiliyatni, jismoniy epchillikni, ixtirochilikni talab qiladi. Bunday xalq o’yinlarining juda qiziqib tomosha qilishi ularning asl nusxasi bilan izoxlanadi.

Zamonaviy xalq o’yinlari uyushtirishda konkurs shaklidagi o’yinlardan foydalanishimiz mumkin. O’yin konkurslarining eng oddiy turlaridan biri madaniyat uylarida va klublarida juda ommaviy bo’lgan quvnoq savollar kechasidir. Bunday kecha kengaytirilgan mushoira ko’rinishga ega bo’ladi.

Odatda savol kechasi biron bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi va kishi faoliyatining g yoki bu soxasi (sport, adabiyot, san’at v.x.k)ni qamrab oladi. Madaniyat uylarida va klublarda yuqoridagi o’yinlardan tashqari konkurs – ouktsionlar ham keng tarqalgan. Bunday konkurs o’yinlari boshqaruvchi o’yin bellashuvi qatnashuvchilarining murojaat etiladigan mavzuga oid savollar va topshiriqlar majmuidan iboratdir.

Bunday konkurslar topshiriqlariga javob harakatlari, bellashuv ko’rinishida qo’llash mo’ljallanib tuziladi. Teatrlashtirilgan o’yin bellashuvlarining yana bir ko’rinishi quvnoqlar va topqirlar ko’nkursidir. Bunday konkurslarning muxim fazilati mazmuni tashkiliy majmualardan iborat. Ularga viktorina, sport bellashuva, xikoyachilar baxsi, jonli gazeta, quvnoq karamzor o’yni, ovinchoq estafetalari va boshqalarning elementlari kiritiladi. Ulardan tashqari m uylarini “Balli qizlar”, “Balli yigitlar” nomli bellashuvlar o’ziga xos o’rin tutadi.

Yuqorida bellashuvga qatnashuvchilar jismoniy, kasb va boshqa imkoniyatlari hamda xususiyatlariga ko’ra tashkiliy metodik jixatdan umumiy bo’lsada, mazmun nuqtai nazaridan turlichadir. Qizlar tanlovida asosiy etibor turli soxadagi bilimlarni, pedogogik tayyorlikni chiroyli kiyina olishni topqirlik mahorati va ho kazolarni aniqlash imkonini beradigan topshiriqlarga qaratiladi. Yigitlar tanlovida esa texnik tayyorgarlik, avto soxasini bilish, kuchlilik, epchillik, sport anjomlaridan foydalanish v.h.kga oid bellashuvlar asosiy o’rin tutadi. Zamonaviy xalq o’yinlarida teatrlashtirilga konkurslar ham mavjud. “O’tkir zexnlilar baxsi”, “Kimligini top”, “Diqqat sport” v.h.k.

Xalq xavaskorligi bilan bog’liq tadbirlar kabi o’yin konkurslari ham tinimsiz ravishda o’zgarib va takomillashib boradi. Teatrlashtirilgan bu turini tashkil etishning asosiy qoidalari ustida to’xtalamiz.

Qatnashchilardan har jixatdan bilimdonlikni talab qilinadi. U fan va spotrning so’ngi yangiliklaridan habardor bo’lishi lozim. Bunday konkurslardan boshqa hech qaysi o’zga o’yin va ko’ngil ochar o’yinlarda improvizatsiya, mustaqillik ijodiylikni namoyish etish imkoni yo’q.

Bunday improvizatsiya oldindan bo’ladigan puxta tayyorgarlik olib boriladi. Bellashuvdan bir necha xafta oldin kamanda guruxlar tuziladi, bo’lajak chiqishlar matnlari, raqiblar uchun savol va topshiriqlar tayyorlanadi, repititsiya o’ykaziladi.

Konkurs davomli uzoq repititsiya davrini taqozo etuvchi tadbir hisoblanadi. Bunda qatnashadigan komandalar boshqa o’yinlardan ixtiyoriy tuziladigan kamandalardan aloxida farqlanadi. Komanda doimo real jamoa (o’quv yurti, zavod, fabrika) sharafini ximoya qiladi.

O’yin ishiga komandadan tashqari komandaga mansub jamoa azolari orasida ko’p sonli ko’ngillilar jalb etiladi. Ular qatnashuvchilar tarkibini aniqlashda ishtirok etiladi, uy vazifalarini bajarishga ko’maklashadilar, raqiblarga beriladigan savollarni taklif etadilar, komanda tayyorlagan barcha narsalarni ko’rib chiqadilar va muxokama etadilar, nixoyat bellashuv jarayonida o’z o’rtoqlarini qo’llab quvvatlaydilar.

Teatrlashtirilgan konkurslarni otkazishning ikki asosiy usuli vujudga kelgan. Birinchi usuldagida korxona ishlab chiqarish uchastkasi oquv jamoa sharafini ximoya qiluvchi bir necha komanda ishtirok etadi. Komandalar soni va qabul qilingan mavzuga qarab, konkurs mavsumi, turli davrni o’z ichiga olishi mumkin, biroq bu xiyla uzoq bir necha oyga cho’ziladi. Bunda komandalar oldindan belgilagan soat va kunda uchrashadilar. Har o’yin kechasida bir yoki ikki bellashuv o’tkaziladi. Odatdagi dam olish kechasida yoki ommaviy saylda improvizatsion tarzda ikki gurux tuziladi va ular orasida kichik turnir o’tkaziladi. U uzoq davom etmaydi, topshiriqlari nisbatan oddiy bo’ladi. Chunki bellashuv katta tadbirlarning bir qismi hisoblanadi.

Har qanday konkurs yakunida go’lib aniqlanish kerak. Bu vazifa ulardan qatiy xaqqoniylikni, topshiriq moxiyatini tushunishni, bilim, estetik did, yumor xissi talab qilinadigan hayat azolari zimmasiga yuklatiladi. Hakamlar faqat bilimlarni emas, balki hozirjavoblik, topqirlik, kashfiyotchilikni komandalar va ishqibozlarning hatti harakatini etiborga olishlari kerak. Hakamlar savollariga berilgan javoblarni, uy vazifalarini, improvizatsion chiqishlarni, komandalarning tayorgarligini, bellashuv paytida ishqibozlar namoish etgan ko’rgazmali vositalar va transporantlar konkursi yutuqlarini boholaydilar.

Konkursni odatda ikki kishi boshqaradi. Boshqaruvchilar hakamlar hayati va ishqibozlar o’rtasida bog’lovchi zveno bo’lib ham xizmat qiladilar. Konkurs dasturlarining rang-barangligiga qaramay, ularga umumiy tanlov elementlari fokfdshi turadi. Bu elementlarga quyidagilar kiradi, jamoalarning tantanali chiqishi, uy vazifalarini tekshirish, ishqibozlar tanlovi – hakamlar hayati savollariga javoblar, badixagoylik tanlovlari, yakun chiqarish tanlovni tantanali yakunlash.

Sudialar va raqib komandalarni tabriklash spord musobaqalaridan o’yin konkurslariga o’tgan. Biroq, sportdagi tabrik qatiy qoidalashgan shaklda bo’lsa, kulub o’yinlarida faqat tabriklash dalilining o’zi o’zgarmaydi, uning konsert mazmuni va shaklini esa o’yin qatnashchilari o’ylab topadilar.

Bunda quvnoq hozir javoblik ishlab chiqarish yutuqlari xaqidagi hisobotlar bilan bo’ladi, do’stona xazillar bilan almashinib turadi. Ko’pchilik hollarda turli xil tantanali marosimlar askiya payrovlari shaklida uyushtiriladi.

Ko’pchilik o’yin bellashuvlarining markaziy manbalardan biri uy vazifasini tekshirish hisoblanadi. O’z nomidan ko’rinib turganidek, bu vazifalar uyda oldin tayyorlanadi. Tanlovda qatnashadigan barcha jamoalar odatda bir xil mavzu oladilar. Jamoalarning vazifasi uni moxirlik bilan odilona xal etishdir. Shoshilmasdan tayyorlanadigan vazifalar mavzuini xal etishda yuksak g’oyaviy – badiiy saviani namoish etishda katta imkoniyat yaratiladi.

Bellashuvning asosiy qismi qator improvizatsiyalashgan tanlovlardan iborat. Bunday paytda ishtirokchilar vazifa bilan musobaqa bo’layotgan vaqtda tanishadilar va shunday ekan, unga oldindan tayyorlana olmaydilar. Ba’zi vazifalar birzumda bajarilishi lozim bolsa boshqalari uchun tayyorlanishga malum vaqt beriladi.

Badiiy tanlovlar juda xilma-xildir. Bunda ba’zi vazifalar badiiy qobiliyatni tekshirish maqsadini ko’zlasa, ikkinchi xil vazifalar butunley hozir javoblikka mo’ljallangan bo’ladi, uchinchi xil vazifalar esa badiiy ijodiy yoki ijrochilik qobiliyatini, rivojlangan fantaziyani talab qiladi.

Konkurslarda ilmiy texnikaviy vazifalar shuningdek, maishiy mavzudagi masalalarni hozir javoblik bilan hal etishlar borgan sayin keng tarqalmoqda. Ba’zi vazifalar jismoniy epchillikni, tezkor jarayonni v.x.k.ni talab qiladi. Jamoalar ishqibozlarga beriladigan vazifalar turlarini sanab o’tish va qolaversa, tavsiflab o’tilishning zaruriyati ham yo’q. O’ziga hoslik, rangbaranglik, favqulotdalik ommaviy ko’ngil ochishning asosiy vazifalari va hususiyatlari manashulardan iborat.

Quvnoq o’yin tanlovlari yaxshi hordiq chiqarish va tarbiyaviy imkoniyarlarga ega. Muximi odamlarning faqat nimadan kulayotganini tushunishdir.

Haqiqiy hozirjavoblik va payrov quruq maynavozchilikka aylanib ketishi mumkin. O’yinlarni tashkil etuvchi, o’yin tanlovlarining asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida ularning faqat ko’lgil ochish emas balki qudratli tarbiya vositasi ekanligini ham unitmaslik kerak. Ayrim kulub o’yinlari o’z mazmunini boyitgan ham holda murakkablasha borib, fayz olib, zaldan saxnaga ko’chadi va bu o’yin namoishining yangi shakliga o’tadi. Bunday tomoshalarga esa teatrlashgan o’yin konkurslari muofiqdir. Ular abadiy senariy rivojlanish asosiga ega bo’ladi va shu bilan birga mana shu o’yin tashkilotchisidan katta mexnat talab qiladi.

O’yin konkurslari o’z mazmuniga ko’ra an’anavi viktarinalar, estirada guruxlarining chiqishlari, sport, maishiy va abadiy bellashuvlarning murakkab brikmasidan iboratdir. Anashu birikish, yana janr sintezi natijasida ommaviy havaskorlikning nisbatan yangi, biroq allaqachon keng rivoj topgan shakli vujudga keldi. O’yin tanlovlari hususiyat kasb etadi.

Xalq o’yinlari qadimdan xalq xayotida muxim o’rin tutib kishilarning ayniqsa yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishda va kuchli, chaqqon, topqir, farosatli mart bo’lib kamol topishida katta axamiyatga ega. Tarixiy jarayonda har bir davrga har bir xalqqa hos o’yinlar bo’lgan. O’zbek xalqi shu qadar o’yinlarga boy bo’lganki, bir shahar o’yinlari ikkinchisidan bir qishloq o’yinlari qo’shni qishloqdagi o’yinlardan farq qilgan.

Xalq orasida o’yinlar doimiy va mavsumiy bo’lib, xatto, shahar va qishloqlarga, kichik va kattalarga kunduz va oqshomga xos harakterga bo’lgan. Xalq o’yinlari ayniqsa bayram, sayl kunlari avjiga chiqib tantanalarning ko’rki xisoblangan, ularga fayz kiritgan. Xalq orasida “Poyga’’, “Yong’oq o’yini’’, ”CHillak’’, “Cho’p o’yin’’, “Tosh o’yini’’, “Oq terakli ko’k terak’’, ’’CHavandozlik’’, “Ag’darish’’, “Ot ustida qilichbozlik’’, “CHavgon’’ ot bila o’naladigan chimto’p “Qoboq o’yin’’, “Ot ustida komonda otish bo’yicha merganlik’’, “Ot poygasi’’ kabi o’yin va musobaqalar aynan bayram kunlari avjiga chiqqan. Ayniqsa, kurash, poyga, uloq kabilar, mashxur bo’lgan.

Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bayram kunlari qiziqarli ommabob xalq o’yinlari uchun o’ziga hos norasmiy jadval kalendar hisoblangan. Bayram (Navro’z, Quchultoy) kunlari o’yin ishtirokchilari ham, ishqibozlari ham, tomoshabinlar ham a’zaldan malum joyga chaqiruvsiz to’planishgan.

Xalq o’rtasida keng tarqalgan o’yinlar ko’kkari, uloq, kurash kabilar oddiygina musobaqa o’yinigina bo’lib qolmasdan, balki ularni uyushtirish o’ziga xos marosimga aylanib ketgan.

Masalan, to’y, tamosha, sayillarda uyushyirilgan kurash musobaqalarining o’z an’analari mavjud bo’lgan. Kurash musobaqalarini tomosha qilish uchun yuzlab tomoshabin ishqibozlari yig’ilgan. Obroli kishilardan va oqcoqollardan iborat xakamlar hayati saylangan. Musobaqa o’z tartib tuzilishiga ega bo’lib, uning muqaddimasi ramziy shaklda ikki oqsaqolning bellashuvi bilan boshlangan. So’ngra eng kichik paxlavonlar maydonga tushishgan.

Birin-ketin, avvalgi yoshga, so’ng gavdaga qarab, kurashchilar davraga tusha borishgan. Musobaqaning avj nuqtasida eng kuchli, dongdor paxlavonlar maydonga chiqishgan.

G’oliblar kurash tugashi bilan darxol moddiy rag’batlantirilgan, ularga qimmatbaxo sovrinlar berilgan, chunonchi, agar yosh kurashchiga belvog’, doppi berilsa, eng mashxur polvonlarga qo’y xatto otlar sovrin qilib berilgan.

Ma’lumki, barcha o’ynaydigan o’yinlar bilan bir qatorda turli kasb egalarining ham o’ziga hos o’yinlari bo’lgan. Ba’zi tadqiqotchilar fikricha, uloq o’yini chorvadorlar rasida keng tarqalgan ekan. Chovadorlar orasida “Juntop”, “Chimto’p”, “Podachi”, kabi o’yinlar mavjud. (Ko’pkina sharq xalqlarida jumladan, o’zbek chorvadorlari orasida keng tarqalgan “Chinto’p” kabi o’yinlar asosida xozirgi vaqtda butun dunyoda o’ynaladigan chim ustida xokkey vujudga kelgan). Shuni afsus bilan aytish mumkinki, aksariyat xalq o’yinlari saqlanib qolgan bo’lsada, biroq ularning ko’pi asosiy qismi yo’qolib ketdi.

O’yin uchun vaqt, joy, xoxish kerak. Balki xalqda bosh vaqt kamayib ketganligi, o’yinlar o’tkaziladigan (adirlar, dalalar, sayilgoxlar) o’zlashtirib ekinzorlarga aylantirilib yuborilganligi sababli xalq o’yinlari ham unutila boshlayotgandir.

Ayniqsa sho’rolar istibdodi yillari milliy bayramlar bilan bir qatorda ko’pgina xalq o’yinlari (Masalan uloq, ko’pkari) taqiqlangan edi. Milliy bayramlarni tiklash uchun sharoid yaratilayotgan xozirgi davrda xalq o’yinlariga ham yangi xayot baxsh etilmoqda. Xalq o’yinlarini hayotga qaytarish maqsadida joylarda qator tadbirlar uyushtirilmoqda. Chunonchi, istiroxat bog’larida ma’daniy sport komplekslarida, stadionda musobaqalar tashkil etilmoqda. Xalq o’yinlari, bayramlar tashkil qilinishi odatiy holga aylandi. Zero kishilarning bo’sh vaqtini foidali o’tkazishda, jismoniy sog’lom bo’lishda xalq o’yinlarining yangi zamonaviy mazmun bilan boitib xalq hayotiga bayram sayillariga qaytarish maqsadga muofiqdir.

3. Dunyo xallari ma’naviy madaniyati xazinasiga ulkan xissa qo’shgan ijodkor xalqimizning badiiy so’z sexri bamisoli ko’ngil chashmasidan qaynab chiqqan inju. Xalq qalbining navolari bo’lmish dilrabo qo’shiqlar, an’ana va marosimlarga aylanib, asrlar davomida ajdodlarimiz qadriyatlari xazinasini yuzaga keltirgan. Badiiy tafakkurning takror mo’jizalari o’zida mujassamlashtirgan xalq an’analari, rasm-rusmlari, marosim va odatlar, og’zaki poetik ijodiyot namunalari shu muqaddas zaminda yashab kelgan ota-bobolarimiz, iqtidorli va har narsaga kechan momolarimiz ijodiy soloxiyatining maxsuli o’laroq shakllangan azaliy milliy qadriyatdir.

An’analar xalqimizning o’zi kabi umirboqiy, qalbi misol mexrdaryo va jonbaxshdir. Yurtimizning har bir go’shasida o’ziga xos marosimlar, oilaviy maishiy va mexnat bilan bog’liq an’analari, momolaring mexr bulog’idan qaynab chiqqan orombaxsh allayu, olqishlar mavjud. Xalq an’ana va marosimlari jo bo’lgan asriy qadriyatlar, ma’naviy ko’zgusiga aylangan qanotli orzular, folklor ijrochilarining ko’p asrlar davomidagi ijodiy faoliyati natijasida poetik jixatdan sayqallanib, barkamollashib kelgan. Kamalak jilosidek dillarga ezgulik baxsh etuvchi qadimiy marosimlar hamda xalq an’analarini chuqur o’rganish, milliy qadriyatlarimiz moxiyatini yanada terangroq anglash va tushunish imkonini beradi.

O’zbekiston xalqlarining tarix sinovidan o’tgan bayram va marosimlari kishilarning o’zaro munusabatlaridagi yaxshi fazilatlarni, chinakam xalqchil, umuminsoniy qadriyatlari aks ettiradi. Bunday an’ana va marosimlarda mamlakatimiz xalqlarining qadimiy ildizlari ham namayon bo’ladi. Asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelingan an’ana va marosimlarda vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, ota-onaga etimlarga va qariyalarga g’amxorlik, mexmondo’stlik, qon-qarindoshlik va o’zaro yordam, oila sharafini va ayollar shanini saqlash, hayotdan ko’z yumgan uzoq yaqin kishilar xotirasini yodga olish kabi ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan qadriyatlar mujassamlashgan.

Ajdodlarimiz yaratgan va xalqimiz turmush tarziga singib ketgan an’ana, urf-odatlar ham bevosita folklor san’atida o’z ifodasini topgan. Bu san’at ma’naviyat bo’stonining chamanlarida turfa xil jilvalanadi.

Bugungi kunda folklor san’atining serjilo chamanlari gurkirab rivojlanib, xalqimizning milliy ongi, milliy g’ururi, milliy shaеshchhkshb ma’naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Milliy rux, milliy g’ururning tiklanishi bu – rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan tabiiy jarayondir. Milliy folklor san’ati an’analarini yanada rivojlantirib, ularning yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu jarayonning muxim qirrasidir. Folklor san’ati merosi o’zining mazmundorligi, tarbiyaviyligi, umirboqiyligi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. U millat qalbida ezgu niyyat va ulug’ maqsadlarga intilish, e’tiqod va orzu-armonlarini uyg’otadi. Shuning uchun folklor san’ati avlodning barcha orzu-armonlarini, iymo-u e’tiqodini, pokiza ruxi va xotirasini, jamiyatning ezgu niyatlari aks etgan qadimiy an’analarini o’zida jamu-jam etib, kishilar hayotiga qat’iy singib ketganligi bilan ardoqlidir.

O’zbekistonimiz istiqlol quyoshidan baxramand bo’lib mustaqillik nashidasini surmoqda va milliy istiqlol mafkurasini yaratmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi esa xalqimizning yillar davomida yaratgan, asrab-avaylab kelayotgan tafakkur hazinasiga, umumbashariy qadriyatlari, qadimiy an’ana va marosimlarga, milliy madaniyatimiz yutuqlariga suyanadi. Zero milliy axloq va milliy ruxni o’zida asrlar osha ortmoqlab kelayotgan folklor san’ti namunalari benixoya ardoqlidir. U bugungi kunda o’z ortidan millionlab yoshlarni ergashtirayotgan, har tomonlaba ibrat maktabi bo’lib kelmoqda. Folklor – etnografik ansambllari omma mexrini qozonib, yoshlar turmush tarziga asta sekin singib bormoqda. Ularning dasturida mujassamlangan xalq og’zaki ijodi namunalari folklorimizning saxnaviy ko’rinishi namayon bo’lmoqda.

O’zbek xalqining milliy qadriyatlariga asoslangan urf odatlarimizning moxiyatini yoshlarga o’rgatishda, ularda qalbida mexr va muxabbat chechaklarini undirib o’stirishda folklor – etnografik ansambllari dasturidan foydalanish ijodiy samara beradi.

So’ngi yillarda folklor etnografik ansambllar repertualida milliy qadriyatlar va an’anaviy marosimlarning vositasi bo’lmish mexr muxabbat, saxovat va insoniy fazilatlarini aks ettiruvchi saxiy ko’rinishlari shakllandi. Folklor etnografik ansambllarning sayharakatlari tufayli unitila yozgan ko’plab milliy qadriyatlarimiz tiklandi.

Yuzaga kelgan ijodiy erkinlik, ruxiy yangilanish folklor asarlarini hayotga yanada keng targ’ib qilish jarayonini boshladi. Masalan, xalqimiz badiiy saloxiyatining eng go’zal namunalarini o’zida mujassamlashtirgan umumxalq shodiyonasi. Navro’zi olam bilan bog’liq qo’shiqlar, udimlar va marosimlar qayta tiklandi.

Navro’z bayramining kelib chiqish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, uning tarkibidagi folklor asarlarini badiiy hususiyatlari, bayranni o’tkazilishi bilan bog’liq lokal belgilar ro’yobga chiqdi. Bu soxada amlga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar asosida Navro’z bayramida qadimdan mavjud bo’lgan ko’pgina asriy udumlar, xususan, “Yil boshi”, “Qozon to’ldi”, “Navro’z go’ja tayyorlash”, “Sumalak pishirish”, “Xashar uyushtirish”, “Arg’imchoq uchish”, “Lola sayli” kabi o’zligimizni tarannum etuvchi qadimiy udumlarimiz yana hayotga qaytdi.

Zero Navro’z marosimlari, udumlari va qo’shiqlari mexr va muruvvat, oqibat va insoniylik, qut-barakaga bo’lgan buyuk ishonch, mo’l xosil olish g’oyasi, el-yurt xotirjamligining turfa xil tomonlari badiiy talqin etilmoqda.

Folklor – etnografik ansambllari qayerda tashkil qilingan bo’lsa, o’sha erlik xalqning milliy an’analarini, og’zaki ijodning noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berish, xalqning o’ziga qaytarishiga jonbozlik ko’rsatmoqdalar.

Masalan, Toshkent shaxridagi ansambllar dasturidan joy olgan “Bolangizga alla alla ayting onalar” mavzuidagi dasturida mexr-muruvvat tushunchasi ona allasi orqali tarannum etilgan.

Ona avlod – ajdodlarimizning buyuk davom ettiruvchisidir. “Alla” ona mexri bilan yog’ilgan mayin yurak sadosidir. Bu sado shu qadar serjilo va mazmunki uning ta’rifiga so’z ojiz. Allada iltijo-yu sexr, xazinligu mexr qolaversa, bu dunyoda eng nozik xis – tuyg’ular, ezgu tilaklar mujassam. Chunki ona allasigina jajji chaqaloqning qalbiga mexr – muruvvat, muxabbat, oqibat, iymon va insof tuyg’ularini singdira oladi.

Tol ichida tanlab olgan,

Toli chovqirim bolam.

Gul ichidan xidlab olgan,

Guli rayxonim bolam, alla yo alla.

Ona allasidan baxramand bo’lgan yurtimiz yoshlari momolari, ota-bobolari yaratgan qadriyatlariga mexr qo’yib, ular an’anasini davom ettiradilar.

Istiqlol yillarida folklor san’atiga kirib kelgan yangi janrlarda milliy istiqlolni madx etish, fidoi yurtdoshlarimizning farovon istiqboli uchun olib borilayotgan ezgu ishlarini kuylash asosiy o’rinni egallaydi.

Ma’lumki, mamlakatimizda 2004 – yil “Mexr va muruvvat” yili deb e’lon qildi. O’zbek xalqi azaldan bir-biriga, o’zgalarga mexr – muruvvat ko’rsatishga moyil. Mexr – muruvvat ko’rsatish o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. O’zbek o’zi emay – ediradi, kiymay kiydiradi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan folklor – etnografik ansambllari faoliyatida yuksak insoniy fazilat bo’lishi mexr-muruvvatni aks ettiruvchi folklor saxna ko’rinishlari ko’payib bormoqda, va millatlar aro umumqadriyatlar bo’lmish mexr-saxovat, mexr-shavqatni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazishda barakali va hayrli ijod qilib kelmoqdalar.

Porloq kelajagimiz sari shunday hayrli ishlar amalga oshirilayotgan bir paytda an’ana, udum, qadriyatlarimizga mutlaqo yod bo’lgan ba’zi oilalarda uchrab turgan salbiy munosabatlar, yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik, giyoxvandlik, foxishabozlik illatlari ko’ngilga g’ashlik solmoqda. Bu xolatni ba’zi yoshlarning an’analarimiz, udumlarimizni bilmaslik, mensimaslik oqibati deb baxolash mumkin.

Kezi kelganda shuni ta’kidlash lozimki, xozirda radio va telvideniya orqali berilayotgan musiqa, qo’shiqlar, eshittirishlar mazmunini nixoyatda sayozligi tufayli yoshlar engil-elpi xayotga moyil bo’lmoqdalar. Ba’zi yoshlar o’zbek milliy an’analariga amal qilishni o’zlariga or deb biladilar. Xatto o’z ona tillarida so’zlashni yoqtirmaydiganlari ham uchrab turadi. Klassik janrlarimiz ayrimlarining nomlarini yoki asarlarini so’rasangiz yo falon marosimni dilasizmi deya murojaat etsangiz, elka qisib eshitmagan ekanman deb qo’yishadi, xolos. Afsus va nadomatlar bo’lsinki, jamiyatimizda bunday holatlarga tez-tez duch kelamiz. Xo’sh, ularni qanday bartaraf etmoq darkor.

Bugunlik kunda mustaxkam bilimni, milliy qadriyat, ma’naviy barkamollik, umirboqiy an’analar va ajdodlar ta’limotini yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirishda folklor san’atidan foydalanish, shuningdek, maxsus dastur, darslik va qo’llanmalar tayyorlash muximdir. Folklor san’atining maxsus ta’lim sifatida ko’llejlar, musiqa maktablari, san’at oliy o’quv yurtlarida o’qitilishi yoshlarning milliy g’ururini shakllantirishda muxim omil bo’lib xizmat qiladi.

Ota – bobolarimizdan meros bo’lib qolgan udum va marosimlarni saxnaga olib chiqib, yana ularni xalqqa qaytarishda folklor san’ati va uning tuganmas merosidan foydalanish muxim axamiyat kasb etadi.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482258-uzbekskie-narodnye-pesni

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки