Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
04.02.2022

Интервалы и чередование интервалов

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья на узбекском языке.
«Интервал» — это латинское слово, означающее расстояние или расстояние. В музыке это означает интервал между двумя звуками.
Сочетание двух звуков, слышимых один за другим или одновременно, называется интервалом. Интервалы мелодичны и гармоничны.
В мелодическом интервале звуки слышны один за другим.

Содержимое разработки

Intervallar va intervallarning aylanmasi.

«Interval» – bu lotinchadan olingan so‘z bo‘lib, oraliq yoki masofa ma’nosini anglatadi. Musiqada esa ikki tovush oralig‘ini bildiradi.

Birin-ketin yoki bir vaqtda eshitilgan ikki tovush qo‘shilmasi interval deyiladi. Intervallar melodik hamda garmonik shaklda bo‘ladi.

Melodik intervalda tovushlar birin-ketin eshitiladi. Masalan:

Garmonik intervalda tovushlar baravariga eshitiladi. Masalan:

Har bir interval ikki miqdor son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Miqdori bosqichlar soni bilan ifodalanadigan intervallar son miqdorli intervallar deyiladi.

Miqdori ton va yarim tonlar bilan ifodalangan intervallar sifat intervallar deyiladi. Barcha garmonik intervallar va melodiq intervallar asosan eng pastki tovushidan yuqoriga qarab o‘qiladi.

Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa intervalning cho‘qqisi deyiladi.

Bir oktava oralig‘ida hosil bo‘lgan intervallar oddiy intervallar deyiladi. Hammasi bo‘lib, sakkizta oddiy intervallar bor. Ularning nomi shu intervallar hisobiga kiradigan bosqichlar soniga bog‘liqdir.

Intervallar lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi. Tartibli sonlar

interval yuqori tovushining pastki tovushiga nisbatan nechanchi bosqichda turganligini bildiradi.

Interval tovushlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi natijasida pastki tovush yuqoriga va yuqoridagi tovush pastga joylashadi. Bunga interval aylanishi deyiladi.

Interval tovushlarning aylanishi 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi:

  1. Interval asosini (pastki tovushini) bir oktava yuqoriga ko‘tarish.

  2. Interval cho‘qqisini (yuqori tovushini) bir oktava pastga ko‘chirish.

Mazkur intervalning aylanishi natijasida yangi interval hosil bo‘ladi. Qoida bo‘yicha barcha sof intervallar sofga, kichik intervallar kattaga, katta intervallar kichikka, ortilgan intervallar kamaytirilganga, kamaytirilgan intervallar ortilganga aylanadi va aksincha.

Agar biror interval va uning aylanmasini birlashtirsak, oktava hosil bo‘ladi. Shu sababdan, bir biriga aylanadigan intervallar sifat miqdorining yig‘indisi hamma vaqt olti tonga ega bo‘ladi.

Intervallarning bosqichlari va ularning turlari

Intervallarni o‘rganish davomida o‘qituvchi bolalardan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga, shu bilimlarni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini egallash ham talab etadi. Ular berilgan notadan boshlab har bir yangi intervalni tuza bilishlari bilangina kifoyalanib qolmasdan, uni pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarata kuylashni ham, dastlab eshitib olib, melodik bayon qilishni, so‘ngra garmonik bayon qilishni, ham topa bilishlari kerak.

Intervallar solfedjo qilish malakalarini egallashga yordam beradi. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarga turli topshiriq va mashqlarni berib borishi lozim. Intervallarni aniqlashga mo‘ljallanadigan yozma va og‘zaki diktantlar ham shular jumlasiga kiradi yoki og‘zaki topshiriqlar berish mumkin.

Musiqada 8 ta asosiy interval bor. Bular

  1. prima,

  2. -- sekunda,

  3. -- tersiya,

  4. -- kvarta,

  5. -- kvinta,

  6. -- seksta,

  7. septema

  8. oktava lardir.

Har bir asosiy intervalning aniq ton o‘lchovi bor.

  1. Prima – 0,

  2. Sekunda-1ton,

  3. Tersiya- 2ton,

  4. Kvarta- 2.5ton,

  5. Kvinta- 3.5 ton,

  6. Seksta- 4.5 ton,

  7. Septema-5.5 ton,

  8. Oktava- 6 ton.

Bunday intervallarni har qanday tovushdan yuqoriga yoki pastga

qurish mumkin.

a) birinchi oktavaning lya,re, fa, mi tovushlaridan intervallar tuzish;

b) musiqa misolida uchraydigan intervallarni aniqlash;

c) tanish qo‘shiqlardagi, shuningdek, notaga qarab o‘rganib olinayotgan yangi qo‘shiq yoki mashqlardagi kuyning interval tuzilishini aniqlash.

Ana shularning hammasi qo‘shiqni ongli ravishda o‘rgana borishga, talaffuzning aniq ravshan bo‘lishiga yordam beradi.

Notaga qarab, nota bilan kuylash

Qo‘shiq har bir o‘quvchidagi musiqa qobiliyatini rivojlantirishga hamda bolaning barkamol avlod kishisi bo‘lib o‘sishiga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida o‘rganiladigan har bir qo‘shiq mazmuni va xarakterini ongli ravishda tushinishga o‘rganish kerak bo‘ladi.

Avvalambor, tarbiyachi biror bir she’rni bolalar yod olishida dasturdan foydalangan holda o‘rgatadi. Har bir she’r bolaning yoshi, guruhi hamda fasllarga, bayramlarning turlariga qarab tanlanadi.

Qo‘shiq bolalar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Qo‘shiq inson tafakkuri va ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiq orqali jumbushga kelamiz, armon qilamiz, xayol suramiz (bu hol ko‘proq kattalarda bo‘ladi).

Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda avval qo‘shiqning kuyini, keyingina she’rini misrama-misra o‘rgatamiz. Qo‘shiqning kuyini o‘rgatayotganda to‘rt xil musiqa asboblari orqali chalib yoki bo‘lmasa, biror-bir jonivorlarning ovozlarini berib o‘tishimiz mumkin. She’rni esa bo‘g‘inlarga bo‘lib yoki chapaklar orqali yod oldiriladi.

Bolalar she’rni tezroq yod olishlari uchun she’r matnlarini takror va takror aytishimiz kerak bo‘ladi. Agar bolaning xayoli joyida bo‘lmasa, musiqa tovushlarini va she’rni tez yod olishlari murakkab bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ongi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ular kuyni sekin, uzoq muddatda yod olishadi. Bolalarga musiqa tovushlarini tushuntirib o‘rgatish zarur.

O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan buyon, barcha sohalarda, shu jumladan, Xalq ta’limida ham ko‘p yangiliklar ro‘y bermoqda.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482690-intervaly-i-cheredovanie-intervalov

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки