Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
01.02.2022

Проведение уроков музыки и праздников в дошкольных учреждениях

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
Эта статья написана на узбекском языке.
По мере продвижения вперед по пути «строительства свободной и благополучной Родины, свободной и благополучной жизни» в нашей стране, благодаря независимости, происходят коренные изменения во всех сферах нашего общества.
В период, когда воспитание подрастающего поколения во всех отношениях совершенного является одним из актуальнейших вопросов современности, особенно важно научить таланты секретам педагогического мастерства. Будущие музыканты – это профессионалы, которые вселяют в сознание подрастающего поколения высокие чувства, прививая им любовь к Родине, стремление к красоте, ее сохранению и созиданию.
Президент Республики Узбекистан И.А.Каримов, глубоко осознавая потенциал этих уникальных профессионалов, обратил особое внимание на необходимость воспитания подрастающего поколения в области музыки и издал специальное распоряжение о создании для них необходимых условий. Согласно ему, «Оснащение детских музыкальных школ и школ искусств современным учебно-музыкальным оборудованием» является одним из требований сегодняшнего дня.

Содержимое разработки

Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy mashg`ulotlarni uslibiyoti va bayram tadbirlarini o’tkazish.

Istiqlol sharofati bilan yurtimizda «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» yo‘lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalarida tup o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turgan bir paytda, xususan, talantlarga pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatib borish o‘ta zarurligini hayot taqozo etadi. Bo‘lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg‘ularni singdirish, ularda Ona Vatanga muhabbat, go‘zallikga intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.

Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov bu noyob kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh avlodga musiqiy ta’lim berish zarurligiga alohida e’tibor qaratib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi. Unda ta’kidlanganidek, «Bolalar musiqa va san’at maktablarini zamonaviy o‘quv va musiqa anjomlari bilan ta’minlash» bugungi kun talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy va texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009–2014-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini tayyorlash choratadbirlari rejalashtirildi. Bu vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishidan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Umumta’lim hamda M.T.M da musiqa fani bo‘yicha davlat o‘quv standartlari va dasturlarini, darslik va metodik, o‘quv qo‘llanmalarini zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‘rinni egallaydi.

Xalq pedagogikasi o‘sib, rivojlanib borayotgan bir davrda xalq musiqiy namunalarini o‘rganish atoqli san’atkorlar ijodidan dars jarayonida keng foydalanish musiqa o‘qituvchisi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanadi.

Mazkur Bitiruv malakaviy ishimda mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda, O‘zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqani bolalarning idrok etish qobiliyati darajasiga bosqichma-bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi.

Ishimda tavsiya etilayotgan musiqa repertuari jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e’zozlash, do‘stlik, hamjihatlik, rahm-shavqat kabi hislar musiqiy obrazlar orqali idrok etishga qaratilgan va dars jarayonida quyidagi ijrochilik malakalarini shakllantirish zarur. Tovushni to‘g‘ri ohangda ijro etish, musiqa ostida ritmik harakatlarni ifodali bajara olish, cholg‘u asboblarining tovushiga ko‘ra ajrata olish va ularni aniq uslublarda, bolalar cholg‘u asboblarida chalishga o‘rgatishdan iborat.

Bolalar bog‘chasida bayram ertaliklari

Bayram ertaliklari bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.

2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni.

3. Mehrjon bayrami.

4. Yangi yil bayrami.

5. Vatan himoyachilari kuni.

6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

7. Navro‘z bayrami.

8. Xotira va qadrlash kuni.

9. Gul va qushlar bayrami.

10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi.

11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.

Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoshib, zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.

Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini iodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya etiladi.

Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar

va kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‘lishi tavsiya etiladi. Qo‘shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak.

Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar.

Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‘lash kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Qo‘shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.

Qadimda sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.

8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘shiq, she’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.

Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiynafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma’naviyatini oshiradi.

Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin egallaydi.

Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida

bayram ertaliklari

MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‘cha yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalgam oshiriladi.

Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari

1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro etadilar.

2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi bayramdir. U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi.

3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli ertak qahramonlari ishtirok etadilar.

4. 8-mart – Onajonlar bayrami.

5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.

6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.

Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari

1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.

2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».

3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jonu dilim» nomlari ostida nishonlanadi.

4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.

5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan «Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.

6. «Archa bayrami» ertaligi.

7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».

8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert uyushtiriladi.

9. 21-mart – Navro‘z bayrami. Bu tadbirda, asosan, urfodatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuy-qo’shiqlar ijro etiladi.

10. Gullar va qushlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar O‘zbekiston gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar aydatilar.

11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql» tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli estafeta va bellashuvlar uyushtiriladi.

12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom, maktab!».

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482248-provedenie-urokov-muzyki-i-prazdnikov-v-doshk

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки