Охрана труда:
нормативно-правовые основы и особенности организации
Обучение по оказанию первой помощи пострадавшим
Аккредитация Минтруда (№ 10348)
Подготовьтесь к внеочередной проверке знаний по охране труда и оказанию первой помощи.
Допуск сотрудника к работе без обучения или нарушение порядка его проведения
грозит организации штрафом до 130 000 ₽ (ч. 3 статьи 5.27.1 КоАП РФ).

Свидетельство о регистрации
СМИ: ЭЛ № ФС 77-58841
от 28.07.2014

Почему стоит размещать разработки у нас?
  • Бесплатное свидетельство – подтверждайте авторство без лишних затрат.
  • Доверие профессионалов – нас выбирают тысячи педагогов и экспертов.
  • Подходит для аттестации – дополнительные баллы и документальное подтверждение вашей работы.
Свидетельство о публикации
в СМИ
свидетельство о публикации в СМИ
Дождитесь публикации материала и скачайте свидетельство о публикации в СМИ бесплатно.
Диплом за инновационную
профессиональную
деятельность
Диплом за инновационную профессиональную деятельность
Опубликует не менее 15 материалов в методической библиотеке портала и скачайте документ бесплатно.
04.02.2022

Theoretical methods of listening to music in different groups

Ашуров Маъруфжон Абдумуталибович
Доцент музыки (история искусств)
This article is in Uzbek.
Being able to listen to music and enjoy it aesthetically is also a great art.
The culture of listening to music in a person begins to develop from a young age. Listening to music in kindergarten is its foundation. After all, the child listens to and understands music in all the elements of music lessons.
But there are serious challenges to listening to music. First of all, it should be noted that the ability to listen is much greater than the ability to sing.
For example, orchestras, choirs, and solo instruments can only be understood by listening, not by singing.
That is why scholars pay special attention to listening to music in the process of music education. Because listening to music, skills and abilities play an important role in the formation and development of music culture. Listening to music develops children‹s artistic perception.

Содержимое разработки

Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiyati

Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi.

Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi.

Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi.

Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos.

Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:

  1. bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish;

  2. bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;

Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berishni o‘rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rgatish.

Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo‘lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo‘ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so‘z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo‘ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg‘onib, tez so‘nadi.

4 – 5 yoshli bolalarda diqqat e’tiborning bir muncha emotsional turg‘unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi kuylarni jonli, ba’zan jo‘shqin holatda idrok etadilar. Yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo

bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan musiqa haqida o‘z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi.

5 – 6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi.

Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayonini yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. Asarni 2 – 3 mashg‘ulot davomida takroran tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi– yangi qirralari namoyon bo‘ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi.

Bog‘chaning tayyorlov guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim zahirasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‘zda tutilgan va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga oshadi.

  1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash, olingan taassurotlarni o‘ylash.

  2. Musiqa tinglashga turg‘un diqqat - e’tiborni va tinglash madaniyati boshlang‘ich elementlarining shakllanishi.

  3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish.

Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari:

1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish.

2. Boshlang‘ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.

Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o‘tkaziladi.

Адрес публикации: https://www.prodlenka.org/metodicheskie-razrabotki/482696-theoretical-methods-of-listening-to-music-in-

Свидетельство участника экспертной комиссии
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и закажите рецензию на методическую разработку.
Также вас может заинтересовать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ
БЕСПЛАТНО!
У вас недостаточно прав для добавления комментариев.

Чтобы оставлять комментарии, вам необходимо авторизоваться на сайте. Если у вас еще нет учетной записи на нашем сайте, предлагаем зарегистрироваться. Это займет не более 5 минут.

 

Для скачивания материалов с сайта необходимо авторизоваться на сайте (войти под своим логином и паролем)

Если Вы не регистрировались ранее, Вы можете зарегистрироваться.
После авторизации/регистрации на сайте Вы сможете скачивать необходимый в работе материал.

Рекомендуем Вам курсы повышения квалификации и переподготовки